O‘zbekiston Ozarbayjondagi “Mahorat-2024” harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etadi

© press-slujba Ministerstva oboroni AzerbaydjanaUzbekistan i Azerbaydjan nachinayut sovmestnie ucheniya "Masterstvo-2024"
Uzbekistan i Azerbaydjan nachinayut sovmestnie ucheniya Masterstvo-2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ozarbayjon armiya tezkor bo‘linmalari jangovar samaradorligini oshirmoqchi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Bugun Ozarbayjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokidagi “Mahorat-2024” mashg‘ulotlari boshlanadi, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, Ozarbayjon va O‘zbekiston kompyuter ko‘magida qo‘shma taktik qo‘mondonlik shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – ikki mamlakat armiyasi tezkor bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini yaxshilash va jangovar samaradorligini oshirish.

“Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida tuzilgan 2024-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasiga muvofiq, ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirokida “Mahorat-2024” kompyuter ko‘magida qo‘shma taktik qo‘mondonlik-shtab mashqlari o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.

Harbiy boshqaruv instituti Harbiy o‘yinlar markazida bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarga ikki davlatdan 100 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar jalb etiladi.
Mashg‘ulotlardan asosiy maqsad quyidagicha:
Ozarbayjon va O‘zbekiston qo‘shinlari tezkor bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish va jangovar samaradorligini oshirish;
tezkor bo‘linmalar komandirlarining harbiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini, ularning tashabbuskorligi va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish.
“Mahorat-2024” kompyuter ko‘magida taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari 6-oktabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0