Toshkentda Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti kutib olindi — tashrifdan maqsad

© NOKToshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti tashrif buyurdi
Toshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Obuna bo‘lish
FIVB prezidenti ishtirokida voleybol sportini rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilinadi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) prezidenti Ari Grassa boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
© NOKToshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti tashrif buyurdi
V Uzbekistan pribil Prezident Mejdunarodnoy federatsii voleybola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Toshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti tashrif buyurdi
Mehmonni ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev, sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi xodimlari kutib olishdi.
FIVB prezidenti ishtirokida quyidagilar muhokama etiladi:
respublikada voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish;
mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish;
kelgusida yirik xalqaro musobaqalarni O‘zbekistonda o‘tkazishga doir rejalar.
© NOKToshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti tashrif buyurdi
V Uzbekistan pribil Prezident Mejdunarodnoy federatsii voleybola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Toshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti tashrif buyurdi
Qayd etilishicha, martabali mehmonga Xalqaro voleybol federatsiyasining turli bo‘limlarida faoliyat olib boradigan 4 nafar mutaxassis hamrohlik qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0