Prezident matbuot xizmatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi — tafsilotlar

© Sputnik / Ilya PitalevPortfel chinovnika, foto iz arxiva
Portfel chinovnika, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Obuna bo‘lish
Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti shu’ba mudiri bo‘ldi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan Bahodir Yunusov matbuot xizmati shu’ba mudiri etib tayinlandi.
Shuningdek, farmoyish bilan Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan Kamila Gaynulina prezident matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0