Maxsus harbiy operatsiya Rossiya maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerak — Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov, arxivnoe foto
Dmitriy Peskov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Obuna bo‘lish
Peskov jurnalistning Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning Ukrainadagi mojaro go‘yoki kamida 10-yil davom etishi va “koreys” ssenariysi bo‘yicha yakunlanishi haqidagi bashoratiga Kreml qanday qarashi haqidagi savoliga javob berdi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya Rossiya maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Peskov jurnalistning Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning Ukrainadagi mojaro go‘yoki kamida 10-yil davom etishi va “koreys” ssenariysi bo‘yicha yakunlanishi haqidagi bashoratiga Kreml qanday qarashi haqidagi savoliga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tajribali siyosatchilar Ukraina mojarosi bo‘yicha o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lishi mumkin, Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya o‘z maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerakligidan kelib chiqadi.
Peskov: G‘arbning Ukrainadagi mojaroga aralashish darajasi oshib bormoqda
“Albatta, barcha siyosatchilar, tajribali siyosatchilar, bilimdon siyosatchilar Ukraina atrofidagi mojaro bo‘yicha o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lishi mumkin. Biz maxsus harbiy operatsiya barcha belgilangan maqsadlarga erishish bilan yakunlanishi kerakligidan kelib chiqamiz”, — dedi Peskov.
Nebenzya maxsus harbiy operatsiyani yakunlash shartini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Barcha rejalashtirilgan maqsadlarga erishiladi” — Putin rossiyaliklarga murojaat qildi
Yangiliklar lentasi
0