https://oz.sputniknews.uz/20240930/ijtimoiy-tarmoq-qaram-jsst-45906341.html
Kim ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarga qaram — JSST tadqiqoti
Kim ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarga qaram — JSST tadqiqoti
Sputnik O‘zbekiston
JSST: Dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaram.
2024-09-30T20:00+0500
2024-09-30T20:00+0500
2024-09-30T20:00+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
markaziy osiyo
yevropa
bolalar
ijtimoiy tarmoq
jsst
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/06/42363858_0:0:3078:1731_1920x0_80_0_0_07eba4986c692db9af7917dea056f6f7.jpg
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik holati o‘g‘il bollarga qaraganda qizlarda ko‘proq kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga tayanib xabar berdi.JSST yangi asrdagi global muammo — ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaramlik oqibatlari haqida hisobot e’lon qildi.Unda qayd etilishicha, ushbu muammo tufayli dunyo bo‘yicha har o‘n o‘smirdan biri psixologik qiyinchiliklarga duch kelmoqda.O‘g‘il-qizlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik darajasi 2018-yili 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 11 foizga oshgan.Mazkur xulosalarni olish uchun 2022-yili Yevropa, Markaziy Osiyo davlatlari va Kanadani qamrab olgan 44 ta mamlakatda 11, 13 va 15 yoshli 280 mingga yaqin yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan.Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qatlamning 11 foizi ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan. Bu holat qizlarda (13 foiz) o‘g‘il bolalarga (9 foiz) nisbatan ko‘proq. Kompyuter o‘yinlariga bog‘lanib qolish holati esa o‘g‘il bolalarda (16 foiz) qizlarga (7 foiz) nisbatan yuqori.Shundan kelib chiqib, ekspertlar muammoning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan hukumatlarga tegishli tavsiyalar berdi.
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/06/42363858_174:0:2905:2048_1920x0_80_0_0_870ce443342de40907468995eade1872.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jsst dunyo o‘smir ijtimoiy tarmoqlar kompyuter o‘yinlari
jsst dunyo o‘smir ijtimoiy tarmoqlar kompyuter o‘yinlari
Kim ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarga qaram — JSST tadqiqoti
JSST: Dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaram.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik holati o‘g‘il bollarga qaraganda qizlarda ko‘proq kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga tayanib
xabar berdi. JSST yangi asrdagi global muammo — ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaramlik oqibatlari haqida hisobot e’lon qildi.
Unda qayd etilishicha, ushbu muammo tufayli dunyo bo‘yicha har o‘n o‘smirdan biri psixologik qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
O‘g‘il-qizlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik darajasi 2018-yili 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 11 foizga oshgan.
“Ana shu o‘smirlarning 12 foizi ruhiyati va xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi dasturiy o‘yinlar ta’siriga tushib qolgani jiddiy xavotir uyg‘otadi”, — deyiladi hisobotda.
Mazkur xulosalarni olish uchun 2022-yili Yevropa, Markaziy Osiyo davlatlari va Kanadani qamrab olgan 44 ta mamlakatda 11, 13 va 15 yoshli 280 mingga yaqin yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qatlamning 11 foizi ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan. Bu holat qizlarda (13 foiz) o‘g‘il bolalarga (9 foiz) nisbatan ko‘proq. Kompyuter o‘yinlariga bog‘lanib qolish holati esa o‘g‘il bolalarda (16 foiz) qizlarga (7 foiz) nisbatan yuqori.
Shundan kelib chiqib, ekspertlar muammoning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan hukumatlarga tegishli tavsiyalar berdi.