Anons: paralimpiya chempioni Toshtemirov va murabbiy Qo‘ziyev Sputnik mehmoni bo‘ladi

© SputnikRedaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkenta
Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston paralimpiyachilari qanday qilib tarixdagi eng yaxshi natijani qayd etishdi? Bu savolga Sputnik O‘zbekiston matbuot markazining navbatdagi anjumanida javob beriladi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Ertaga, 30-sentabr kuni soat 17.00da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Mehmon sifatida para taekvondochi Asadbek Toshtemirov va para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Bobur Qo‘ziyev taklif etilgan.
Shu yilning 28-avgustdan 8-sentabrgacha Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida K44 klassining -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Asadbek Toshtemirov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U chempionlik jangida meksikalik Luis Naxeraga hech qanday imkon qoldirmadi.
O‘zbekiston paralimpiyachilari qanday qilib tarixdagi eng yaxshi natijani qayd etishdi? Bu savolga Sputnik O‘zbekiston matbuot markazining navbatdagi anjumanida javob beriladi.
Ishtirokchilar:
Para taekvondo bo‘yicha paralimpiya chempioni Asadbek Toshtemirov;
Para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Bobur Qo‘ziyev.
Tadbir mehmonlari Olimpiya o‘yinlarida g‘oldiblikni qo‘lga kiritishda yengib o‘tilgan qiyinchiliklar, keyingi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida so‘zlab berishadi.
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.
Yangiliklar lentasi
0