MDHning statistika sohasidagi ekspertlari Toshkentda uchrashadi

© Sputnik/Zafar XalilovMDH davlatlari bayroqlari
MDH davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2024
Obuna bo‘lish
MDHning II xalqaro statistika forumi 2-4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning II xalqaro statistika forumi o‘tkaziladi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Forum MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDH Davlatlararo Statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Ijroiya qo‘mitasi ma’lum qilishicha, tadbir 2-4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Unda 150 dan ziyod ishtirokchilar, jumladan, MDH Davlatlararo Statistika qo‘mitasi rahbariyati, MDH Ijroiya qo‘mitasining vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Statistika bo‘limi direktori, BMT YeIK Statistika bo‘limi direktori hamda 20 ga yaqin xorijiy davlatlar statistika idoralarining birinchi rahbarlari va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari qatnashadi.
“Forum doirasida kun tartibidagi barcha masalalar muhokamasi bilan birga Statistika idoralari rahbarlari, MDH Statistika qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda ekspertlari uchrashuvlari MDHga a’zo davlatlar statistika xizmatlari rahbarlari kengashining 70-yig‘ilishi o‘tkaziladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Forumning asosiy maqsadi:
statistika sohasida raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba almashish;
raqamli transformatsiya sharoitida statistik jarayonlarni modernizatsiya qilish;
rasmiy statistikani shakllantirish uchun muqobil ma’lumotlar manbalari, shu jumladan, katta hajmli ma’lumotlar va sun’iy intellektdan keng foydalanish masalalarini muhokama qilish.
Ma’lumot uchun, mazkur forum MDH Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “MDHda statistikani rivojlantirish” dasturi doirasida o‘tkazilib kelinmoqda. I xalqaro statistika forumi 2023-yilning 12-14 sentabr kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0