Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Biz go‘sht kabimiz." Asirga olingan askar ukrainaliklarga maslahat berdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota raschetov BPLA "Superkam" i artilleristov SVO na Krasnolimanskom napravlenii SVO.
Boyevaya rabota raschetov BPLA Superkam i artilleristov SVO na Krasnolimanskom napravlenii SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2024
Obuna bo‘lish
Asirga olingan harbiy ofitser Shevchenko ukrainaliklarga har qanday yo‘l bilan xizmatdan qochishni maslahat beradi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Asirga olingan ukrainalik askar Maksim Shevchenko jang maydonidagi vaziyat juda og‘ir ekani, shu bois barchaga har qanday yo‘l bilan xizmatdan qochishni maslahat berganini aytdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Bu to‘laqonli urush, og‘ir urush. Urushmaganlar umuman urushish uchun hech qayerga bormasligi kerak. Iloji bo‘lsa, urushayotganlar qochib ketishsin”, — dedi Maksim.
Shuningdek, u Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligining harbiy xizmatchilarga munosabati haqida gapirdi.
Ular inson sifatida umuman qadrlashmagan. Biz oddiy go‘sht kabi edik. Men ikkinchi kuni, hatto birinchi kuni ham qochib qutulmoqchi bo‘ldim, lekin joy yo‘q edi”, — deya qo‘shimcha qildi asir frontga kelganida o‘z his-tuyg‘ulari haqida.
Boshqa narsalar qatorida, u Ukrainaning harbiy kampaniyasini moliyalashtirish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hukumatga g‘alaba bo‘lsa bo‘ldi, mayli jasadlar bo‘lsa ham, lekin u yerda g‘alaba ko‘rinmaydi. Ko‘p pul urushga ketadi, xalq yoki harbiylar bu pullarni umuman ko‘rmaydilar. Bu pullar urushni uzaytirish uchun qayergadir ketapti. Pul o‘tkaziladi, ammo qayerda va nima uchun bu oddiy askarlar uchun allaqachon tushunarsiz masala ", deb hisoblaydi asir.
Yangiliklar lentasi
0