Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Kursk viloyatida 17 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishRabota minometnogo rascheta spesnaza "Axmat"
Rabota minometnogo rascheta spesnaza Axmat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2024
Obuna bo‘lish
Kursk viloyatidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 17 750 dan ortiq harbiy xizmatchi va 131 tankni yo‘qotdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Kursk yo‘nalishidagi janglarda 17750 nafardan ortiq askarini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Jami Kursk yo‘nalishidagi janglarda dushman 17750 dan ortiq harbiy xizmatchi, 131 ta tank, 62 ta BMP, 97 ta BTR, 837 ta zirhli jangovar texnika, 533 ta avtomobil, 143 ta artilleriya moslamasi, 31 reaktiv ta o‘q otish tizimlari, shu jumladan AQShda ishlab chiqarilgan sakkizta HIMARS va oltita MLRS , sakkizta zenit-raketa tizimlarini ishga tushirish moslamalari, beshta transport-yuklash mashinasi, 37 ta radioelektron urush stansiyalari, 9 ta artilleriyaga qarshi radar, ikkita havo mudofaasi radarlari, 18 ta muhandislik birligi va boshqa jihozlarini yo‘qotdi", - deyiladi xabarda.

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kun oldin “Markaz” guruhining bo‘linmalari DXRda Ukrainskni ozod qilganini e’lon qilgandi. Bugun esa Lesovka aholi punkti ozod qilindi.
Shuningdek, Ukrainada tomonidan 10-yil davomida mustahkam istehkomga aylantirilgan Ugledar shaharchasi ham ayni damda Rossiya qo‘shinlari tomonidan mustahkam iskanjaga olingan. Dushmanning asosiy ta’minot yo‘li doimiy o‘qqa tutilmoqda.
Voyennoslujashie shturmovix podrazdeleniy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari DXRda Lesovkani ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0