https://oz.sputniknews.uz/20240926/eoii-briks-putin-45842263.html
Tashqi savdo, eksport, YeOII va BRIKS — Putinning asosiy fikrlari
Tashqi savdo, eksport, YeOII va BRIKS — Putinning asosiy fikrlari
Sputnik O‘zbekiston
Putin: Rossiya biznesi duch kelayotgan obyektiv qiyinchiliklarga qaramay, biz tashqi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirmoqdamiz. 26.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-26T11:12+0500
2024-09-26T11:12+0500
2024-09-26T11:12+0500
o‘zbekiston va yeoii
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
savdo
eksport
yeoii
briks (brics)
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0c/45152597_0:127:3188:1920_1920x0_80_0_0_11920ae48a6baaf08faf552b5f640f77.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida faol ishlamoqda va xorijiy hamkorlar bilan erkin savdo zonalarini kengaytirmoqda. Bu haqda Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Davlat kengashi rayosatining “Eksportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qildi. Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Rossiya biznesi duch kelayotgan obyektiv qiyinchiliklarga qaramay, tashqi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon savdosi va umuman jahon iqtisodiyoti hozir faol o‘zgarmoqda. Munosabatlarning yangi tizimi qurilmoqda, unda “Global janub” deb ataluvchi davlatlar, jadal rivojlanayotgan davlatlar, BRIKS kabi istiqbolli integratsiya birlashmalari ishtirokchilari yetakchi rol o‘ynaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi a’zolar bilan BRIKS - albatta, u yerda vaziyat boshqacha. U yerda 2028-yil uchun prognoz jahon yalpi ichki mahsulotining 38 foizini tashkil qiladi. Bu mustahkam, strategik sheriklik, iqtisodiy salohiyatni uyg‘unlashtirish va o‘sishni o‘zaro oshirish tamoyillariga asoslangan kelajakning real bozorlari shakllantirilayotganini anglatadi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yuqori darajadagi tarif himoyasi o‘rnatilgan. Aytilishicha, tayyor mahsulotlar, shu jumladan, yuqori texnologiyali rus tovarlari dunyoda, qoida tariqasida, tor segmentlarda tanilgan. Shu bilan birga, korxonalar yuqori sifatli, raqobatbardosh, ekologik toza mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqarishga tayyor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0c/45152597_229:0:2960:2048_1920x0_80_0_0_00b6b18e2207bbbba2cd43eed13c45f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, savdo, eksport, yeoii, briks (brics), vladimir putin
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, savdo, eksport, yeoii, briks (brics), vladimir putin
Tashqi savdo, eksport, YeOII va BRIKS — Putinning asosiy fikrlari
Putin: Rossiya biznesi duch kelayotgan obyektiv qiyinchiliklarga qaramay, biz tashqi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirmoqdamiz.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida faol ishlamoqda va xorijiy hamkorlar bilan erkin savdo zonalarini kengaytirmoqda. Bu haqda Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Davlat kengashi rayosatining “Eksportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Rossiya biznesi duch kelayotgan obyektiv qiyinchiliklarga qaramay, tashqi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirmoqda.
“Hozirgi vaqtda Rossiya biznesi duch kelayotgan obyektiv qiyinchiliklarga qaramay, biz tashqi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirmoqdamiz, ularning geografiyasini kengaytirmoqdamiz, Rossiya kabi o‘z milliy manfaatlarini tushunadigan, o‘zaro manfaatli savdo, ishlab chiqarish va kooperatsiya aloqalarini qadrlaydigan bashoratli, ishonchli hamkorlar bilan hamkorlikni mustahkamlayapmiz”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon savdosi va umuman jahon iqtisodiyoti hozir faol o‘zgarmoqda. Munosabatlarning yangi tizimi qurilmoqda, unda “Global janub” deb ataluvchi davlatlar, jadal rivojlanayotgan davlatlar, BRIKS kabi istiqbolli integratsiya birlashmalari ishtirokchilari yetakchi rol o‘ynaydi.
“Allaqachon BRIKS davlatlarining jahon iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi "katta yettilik" deb ataladigan ulushdan oshib bormoqda va o‘sishda davom etmoqda. Tendensiya o‘sadi, u o‘zgarmaydi. Qiziqish uchun, ma’lumot uchun (men o‘zim, rostini aytsam, bu raqamlarga qiziqish bilan qarayman), 1992-yildagi "Katta yettilik", bu qanday edi? Jahon yalpi ichki mahsulotining 45,5 foizi. 2022-yilda esa - allaqachon 30,5 foiz. 45,5 edi, hozir esa 30. 2028-yil uchun prognoz 27,9 [foiz]. BRIKS mamlakatlari haqida nima deyish mumkin? BRIKS (ushbu tashkilotning yangi a’zolari bundan mustasno) - 1992-yilda jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 16,7 foizni, 2022-yilda esa 31,4 foizni tashkil etdi. 2028-yil uchun prognoz esa 33,8 [foiz]. Va shunday tendensiya mavjud, u davom etmoqda, u yo‘qolmaydi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi a’zolar bilan BRIKS - albatta, u yerda vaziyat boshqacha. U yerda 2028-yil uchun prognoz jahon yalpi ichki mahsulotining 38 foizini tashkil qiladi.
Bu mustahkam, strategik sheriklik, iqtisodiy salohiyatni uyg‘unlashtirish va o‘sishni o‘zaro oshirish tamoyillariga asoslangan kelajakning real bozorlari shakllantirilayotganini anglatadi.
“Biz YeOII doirasida faol ishlayapmiz va xorijiy hamkorlar bilan erkin savdo zonalarini kengaytirmoqdamiz”, — deya qayd etdi Rossiya yetakchisi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yuqori darajadagi tarif himoyasi o‘rnatilgan.
“Muayan yutuqlarga qaramay, ushbu mamlakatlardagi kompaniyalarimiz hali ham xaridorlarni topish, biznes muzokaralarini tashkil etish va marketing ma’lumotlarini olishda muammolarga duch kelmoqda. Shuningdek, hamma hamkorlar ham chet eldagi rossiyalik investorlarning huquqlari va investitsiyalarini himoya qilish mexanizmlarini o‘rnatmagan”, — deya ta’kidladi Rossiya rahbari.
Aytilishicha, tayyor mahsulotlar, shu jumladan, yuqori texnologiyali rus tovarlari dunyoda, qoida tariqasida, tor segmentlarda tanilgan. Shu bilan birga, korxonalar yuqori sifatli, raqobatbardosh, ekologik toza mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqarishga tayyor.