Mirziyoyev OIIB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida nutq so‘zladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Obuna bo‘lish
Anjumanda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatidan 2 mingga yaqin vakillar qatnashmoqda.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilari kengashining to‘qqizinchi yillik yig‘ilishida nutq so‘zladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy
Qayd etilishicha, bugungi anjumanda dunyoning 100 tadan ortiq mamlakatidan 2 mingga yaqin vakillar qatnashmoqda. Ishtirokchilar mamlakatdagi jadal islohotlar, qulay investitsiya va tadbirkorlik muhiti bilan yaqindan tanishib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy
“Hech kimga sir emas, dunyodagi tahlikali vaziyat kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Hozirda jahondagi murakkab geosiyosiy vaziyat, global iqtisodiyotdagi beqarorlik, oziq-ovqat va energiya resurslari tanqisligi, kambag‘allik, ekologiya muammolari tobora o‘tkir tus olib bormoqda. Masalan, o‘rtacha global harorat 2040-yilga qadar 1,5 darajaga ortishi prognoz qilingan edi. Lekin hozirgi vaziyatda bu holat 2030-yildayoq yuz berishi mumkinligi bizni jiddiy xavotirga solyapti. Dunyo aholisining to‘rtdan bir qismi toza ichimlik suvi muammosiga duch kelmoqda. Iqlim o‘zgarishi sur’atlari tezlashishi oqibatida oziq-ovqat tanqisligi global xavfga aylandi. Natijada dunyoda 800 millionga yaqin aholi o‘ta og‘ir kambag‘allik sharoitida yashayapti”, — dedi Mirziyoyev.
Aytilishicha, turli mintaqalarda avj olayotgan ziddiyatlar bois an’anaviy logistika yo‘nalishlari mutlaqo o‘zgarapti. Mahsulot yetkazish zanjiridagi uzilishlar xomashyo va iste’mol tovarlarining qimmatlashishiga sabab bo‘lyapti.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, 2030-yilgacha dunyoda yangi infratuzilma uchun 15 trillion dollar investitsiya talab qilinadi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar oqimi so‘nggi ikki yildan buyon 10 foizdan kamaymoqda, dunyoda moliyaviy resurslar qariyb 2 barobar qimmatlashdi.
“Bunday sharoitda global xavf-xatarlar oqibatlarini yumshatish, barqaror o‘sish, aholi turmush sharoitini yaxshilashda xalqaro moliya tashkilotlarining roli yanada oshib bormoqda. Bu borada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki qisqa davr ichida 55 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan nafaqat mintaqa, balki jahon miqyosidagi eng nufuzli moliya tashkilotlaridan biriga aylanganini alohida e’tirof etish lozim”, — deya qayd etdi prezident.
Prezident quyidagilarni ma’lum qildi:
To‘rt yil ichida mamlakatdagi kambag‘allik darajasini 23 foizdan 11 foizga tushirishga erishildi. Joriy yil bu ko‘rsatkichni 9 foizgacha, 2030-yilga qadar esa 2 barobar pasaytirish maqsad qilingan.
Inson kapitalini rivojlantirishni mamlakat barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishining mustahkam poydevori. Bu borada so‘nggi sakkiz yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 27 foizdan 74 foizga oshirildi.
Kelgusi 3-4 yilda maktabgacha ta’lim qamrovini kamida 80 foizga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun xususiy sektor bilan birga 240 ming o‘rinli bog‘chalar barpo etiladi.
Kelgusi yildan boshlab, davlat-xususiy sheriklik asosida har yili barcha shahar va qishloqlarda eng ilg‘or standartlarga mos keladigan 100 tadan yangi maktablarni ishga tushirish reja qilingan. Bunga kelgusi yillarda 2 milliard dollar investitsiya kiritiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na devatom zasedanii Soveta upravlyayushix Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy
“Biz 2030-yilgacha 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta dastur qabul qildik. Xususan, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari, “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezurar poyezdlar uchun yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi”, — deya qayd etdi mamlakat yetakchisi.
Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilishni davlat-xususiy sheriklikka beriladi.
Kelgusi besh yilda elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tadi. Masalan, Samarqand viloyatining elektr tarmoqlarini boshqaruvga olish bo‘yicha o‘tkaziladigan tenderga 50 dan ziyod xorijiy nufuzli kompaniyalar o‘z qiziqishini bildirdi.
Har yili 100 mingdan ziyod xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Masalan, Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijon kabi yirik shaharlar hamda qolgan viloyatlar markazlariga yo‘ldosh “Yangi O‘zbekiston” shaharchalarini qurish bo‘yicha katta loyihalar amalga oshirilmoqda.

“Bu borada o‘rta shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha 200 million dollarlik, qishloq joylaridagi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 130 million dollarlik loyihalarni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda boshlaganimizni alohida e’tirof etmoqchiman. Ishonchim komil, bank va boshqa hamkorlarimiz bilan bunday infratuzilmaviy loyihalarni yanada kengaytiramiz”, — dedi Mirziyoyev.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik “yashil” energiya loyihalarida bank nufuzli xorijiy kompaniyalar bilan birga ishlab, bu sohada global darajada yangi andozalarni yaratmoqda.
“Biz kelgusi yillarda yana 18 gigavatt quyosh va shamol, 3 gigavatt gidro elektr stansiyalari, 5 gigavatt energiya jamlash sig‘imlari hamda 5 milliard dollarlik elektr tarmoqlarini ishga tushiramiz. Mazkur loyihalar orqali yirik “yashil” ma’lumotlar markazlarini ham yaratmoqchimiz. Bu – barcha xalqaro moliya tashkilotlari uchun ham jozibador loyiha bo‘ladi, deb hisoblayman. Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan yiliga 100 million dollarlik “yashil” sertifikatlar bozori shakllanib, bu xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishi bo‘lishiga ishonaman”, — deya qayd etdi prezident.
Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshchiligida Markaziy Osiyoda “yashil” energiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirishni taklif qildi.
Aytilishicha, bugungi kunda Markaziy Osiyo aholisi 80 milliondan oshdi. Mintaqaning yalpi ichki mahsuloti kelgusi besh yilda 700 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Hozirda amalga oshirish boshlangan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish ana shunday yirik mintaqaviy infratuzilma loyihasiga yaqqol misoldir. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslari taqchilligi muammolari ayniqsa o‘tkir tus olmoqda. O‘zbekiston bu borada o‘z strategiyasini ishlab chiqib, kelgusi besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish orqali 15 milliard kub metr suvni tejash bo‘yicha katta loyihalarni boshlagan.
“Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqchiman. O‘ylaymanki, qo‘shnilarimiz ham bu tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Mirziyoyev.
Bugungi kunda infratuzilma, energetika, transport, suv ta’minoti va barqaror rivojlanish yo‘nalishida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 3 milliard dollarlik 15 ta loyiha amalga oshirilyapti.

“Mamnuniyat bilan aytishim kerakki, bularning hisobidan O‘zbekiston bankning top-10 ta hamkoridan biriga aylandi. Misol uchun, bank bilan hamkorlikda Buxoro viloyatidagi ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha 720 million dollarlik loyiha qariyb 1,5 million aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlaydi. Yoki “Buxoro – Xiva” temir yo‘lini elektrlashtirish loyihasini ishga tushirish natijasida Xiva shahriga yiliga qo‘shimcha 1 million turist jalb qilish imkoniyati yaratiladi”, — dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Ta’kidlanishicha, shu kunlarda bank bilan kelgusi uch yilda yana 4 milliard dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirishga kelishib olindi.
“Kelgusi ikki kunda bank boshqaruvchilari oldida juda muhim global va mintaqaviy muammolarga zamonaviy yondashuvlar asosida yechimlar topish, yangi loyiha va dasturlarni muhokama qilish kabi mas’uliyatli vazifalar turibdi. Sizlar qabul qiladigan qarorlar bankka a’zo mamlakatlarda yashaydigan 6 milliarddan ziyod aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu ulkan vazifalarni amalga oshirishda sizlar o‘zingizning chuqur bilim, boy tajriba va kuch-g‘ayratingizni ayamaysizlar, deb ishonaman”, — deya xulosa qildi Shavkat Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0