Ayollarning raqamli savodxonligini oshirish uchun 24/7 rejimida vebinar o‘tkazish taklif etildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishObuchenie
Obuchenie  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda Markaziy Osiyo ayollari ishtirokida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Toshkentda "Raqamli iqtisodiyot: ayollar tadbirkorligi uchun global integratsiya ko‘prigi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Xalqaro forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan ishbilarmon doira vakillari ishtirok etmoqda.
© Sputnik"Raqamli iqtisodiyot: ayollar tadbirkorligi uchun global integratsiya ko‘prigi" xalqaro forumi
Mejdunarodniy forum “Sifrovaya ekonomika: most dlya globalnoy integratsii jenskogo predprinimatelstva” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
"Raqamli iqtisodiyot: ayollar tadbirkorligi uchun global integratsiya ko‘prigi" xalqaro forumi
Ikki kun davomida Markaziy Osiyo davlatlaridan 200 nafar tadbirkor ayollar quyidagilarni muhokama qilishadi:
tadbirkor ayollari elektron tijoratni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni va imkoniyatlari;
raqamli moliyaviy texnologiyalar yordamida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya jalb qilish imkoniyatlari;
ayollarga tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rgatishda sun’iy intellektni joriy etish.
Forumda so‘zga chiqqan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyevaning so‘zlariga ko‘ra, so‘ngi 6-7 yil ichida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, hunarmadchilikni tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha xotin-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashish borasida natijalar bo‘y ko‘rsatmoqda.
“Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun yurtimizda ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 205 mingdan oshdi. Iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida ayollar ulushi 46 foizni tashkil etmoqda. Kichik biznes subyektlarining 120 mingdan, xususan fermer xo‘jaliklarining 4 mingdan ortig‘ini xotin qizlar boshqarmoqda”, — deya qayd etdi u.
Uning ta’kidlashicha, kelgusi ikki yilda kichik va o‘rta biznesda xotin-qizlarning ulushini 40 foizga oshirish bo‘yicha maqsad qo‘yilgan.
© Sputnik"Raqamli iqtisodiyot: ayollar tadbirkorligi uchun global integratsiya ko‘prigi" xalqaro forumi
Mejdunarodniy forum “Sifrovaya ekonomika: most dlya globalnoy integratsii jenskogo predprinimatelstva” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
"Raqamli iqtisodiyot: ayollar tadbirkorligi uchun global integratsiya ko‘prigi" xalqaro forumi

"Prezident farmoni bilan joriy yildan boshlab ayollarning kichik biznes va xususiy tadbirkorligini tashkil etish uchun 100 mln dollar ajratildi. Oilaviy tadbirkorlikka ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi mahallalarda xotin-qizlar taklif etayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi", — dedi Parpiboyeva.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda hozirgi vaqtda jami ayollar soni 18 mlndan oshiq va ular orasida ishsizlik 13 foizni tashkil etadi.

“Ishsizlik ko‘rsatkichlari va past iqtisodiy faollik darajasini bartaraf etish ko‘pgina omillar qatori raqamli iqtisodiyot faoliyatida qo‘llashni chuqur o‘zlashtirish bilan ham bog‘liq bo‘lmoqda. Bu boradagi masalalarni hal etishda ana shunday forumda bildirilgan samarali takliflar, tavsiyalar asos bo‘lib xizmat qiladi”, — deya xulosa qildi u.

O‘zbekistonning chekka hududlaridagi ayollarning raqamli savodxonligini oshirish uchun 24/7 rejimida o‘quv vebinarlarni rivojlantirish zarur. “Uzum Market”ning hamkorlarni jalb qilish va rivojlantirish departamenti direktori Artom Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, bu ayollarga onlayn biznesini muvaffaqiyatli boshlash va rivojlantirishga yordam beradi.

“Ko‘pgina tadbirkorlar o‘zlarining asosiy ishlarini yoki oilaviy ishlarini birlashtirgan holda o‘z bizneslarini boshlaydilar va resurslar va vaqt cheklangan, shuning uchun ta’lim dasturlari muntazam ravishda mavjud bo‘lishi kerak. Qolaversa, mentorlik vositasini amaliyotga tatbiq etish muhim”, — dedi Artom Gerasimov.

Buning sababi shundaki, mashg‘ulotlardan tashqari yangi boshlovchilar ko‘pincha shaxsiy yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.
Forumning ikkinchi kuni elektron tijorat sohasida yangi kasb topmoqchi bo‘lgan 100 nafar tadbirkor va xotin-qizlar uchun oflayn mahorat darslari, shuningdek, 2 mingga yaqin ayollar uchun onlayn tarzda mahorat darslari o‘tkaziladi.

"Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat idoralari va ishbilarmon doiralari uchun ayollarni raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga faol jalb etish, ayollarga tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rgatish uchun eng tezkor va samarali raqamli yechimlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi", — deydi tadbir tashkilotchilari.

Forum o‘z ishini 26-sentabrga qadar davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0