https://oz.sputniknews.uz/20240924/zelenskiy-reja-jahon-urush-bundestag-45817472.html
Zelenskiyning rejasi "jahon urushi" rejasidir — Bundestag deputati
Zelenskiyning rejasi "jahon urushi" rejasidir — Bundestag deputati
Sputnik O‘zbekiston
Sevim Dagdelen: hukumatning Germaniyani Ukrainadagi urushga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish bo‘yicha ushbu ajoyib rejaga nisbatan jim turishi halokatli.
2024-09-24T19:10+0500
2024-09-24T19:10+0500
2024-09-24T19:10+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
germaniya
ukraina
vladimir zelenskiy
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/381/53/3815365_0:73:3381:1975_1920x0_80_0_0_03320f8a79c6ac61771476ed82da79bf.jpg
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasiga Vladimir Zelenskiy olib kelgan g‘alaba rejasi jahon urushi rejasidir. uning maqsadi G‘arb davlatlarini Ukrainadagi mojaroga jalb qilishdir. Bu haqda Germaniya parlamenti a’zosi Sevim Dagdelen ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Dagdelenning eslatishicha, so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Germaniya aholisining aksariyati Ukrainaga keyingi qurol yetkazib berishni rad etadi."U buni hech qachon aytmaydi". Ukrainalik jurnalistni Zelenskiyning yolg‘onlari g‘azablantirdiZelenskiyning aytishicha, uning “g‘alaba rejasi” muzokaralarga hech qanday aloqasi yo‘q, u Ukraina Qurolli kuchlarini mustahkamlashga qaratilgan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu “reja” ham mojaroni bir necha yilga cho‘zish uchun emas, balki tezda tugatishga qaratilgan.Zelenskiyga yaqin manbaning OAVga ma’lum qilishicha, uning tashabbusi Kiyevga zarur bo‘lgan harbiy yordam ko‘rsatkichlari hamda ayrim siyosiy va diplomatik qadamlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, "reja"da Rossiyaga imtiyozlar mavjud emas.Avvalroq amerikalik milliarder Devid Saks Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydenga amalga oshirilishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan “g‘alaba rejasi”ni taqdim etish uchun AQShga kelgani haqida xabar bergan edi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning rejasi Ukrainaning NATOga zudlik bilan kirishi va Rossiya hududiga uzoq masofali raketa zarbalarini berishni nazarda tutadi.Zelenskiy avvalroq o‘zining Telegram-kanalida Ukraina uchun g‘alaba qozonish rejasi to‘liq tayyorlanganini ma’lum qilgandi. Avgust oyida u rejada "Rossiyani urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlashning kuchli paketi" ham borligini ta’kidladi.Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning so‘zlarini izohlar ekan, Moskva Kiyev rejimining mohiyatini bilishini, Maxsus harbiy operatsiyani davom ettirishini va barcha maqsadlariga erishishini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240916/russia-ukraine-galaba-45693393.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/381/53/3815365_326:0:3057:2048_1920x0_80_0_0_e94158e8f3ef651fee0a8e45b0c1c0b1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy nyu-york bmt bosh assambleyasi g‘alaba rejasi jahon urushi g‘arb ukraina mojaro germaniya parlamenti sevim dagdelen
vladimir zelenskiy nyu-york bmt bosh assambleyasi g‘alaba rejasi jahon urushi g‘arb ukraina mojaro germaniya parlamenti sevim dagdelen
Zelenskiyning rejasi "jahon urushi" rejasidir — Bundestag deputati
Sevim Dagdelen: hukumatning Germaniyani Ukrainadagi urushga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish bo‘yicha ushbu ajoyib rejaga nisbatan jim turishi halokatli.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasiga Vladimir Zelenskiy olib kelgan g‘alaba rejasi jahon urushi rejasidir. uning maqsadi G‘arb davlatlarini Ukrainadagi mojaroga jalb qilishdir. Bu haqda Germaniya parlamenti a’zosi Sevim Dagdelen ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Zelenskiyning Rossiyaning yadroviy derjavasi ustidan "g‘alaba rejasi" jahon urushi rejasidir. Ukraina "g‘alabasi" uchun AQSh va NATO davlatlari Ukrainadagi urushda to‘liq ishtirok etishlari kerak. Germaniya hukumatining Germaniyani Ukrainadagi urushga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish bo‘yicha ushbu ajoyib rejasiga nisbatan jim turishi halokatli”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Dagdelenning eslatishicha, so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Germaniya aholisining aksariyati Ukrainaga keyingi qurol yetkazib berishni rad etadi.
"Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, “Yashillar”, Erkin demokratik partiya, Germaniya Xristian demokratik ittifoqi va Xristian ijtimoiy ittifoqi partiyalari ko‘pchilikni e’tiborsiz qoldirishda davom etishi jinoyatdir", — deya qo‘shimcha qildi u.
Zelenskiyning aytishicha, uning “g‘alaba rejasi” muzokaralarga hech qanday aloqasi yo‘q, u Ukraina Qurolli kuchlarini mustahkamlashga qaratilgan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu “reja” ham mojaroni bir necha yilga cho‘zish uchun emas, balki tezda
tugatishga qaratilgan.Zelenskiyga yaqin manbaning OAVga ma’lum qilishicha, uning tashabbusi Kiyevga zarur bo‘lgan harbiy yordam ko‘rsatkichlari hamda ayrim siyosiy va diplomatik qadamlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, "reja"da Rossiyaga imtiyozlar mavjud emas.
Avvalroq amerikalik milliarder Devid Saks Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydenga amalga oshirilishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan “g‘alaba rejasi”ni taqdim etish uchun AQShga kelgani haqida xabar bergan edi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning rejasi Ukrainaning NATOga zudlik bilan kirishi va Rossiya hududiga uzoq masofali raketa zarbalarini berishni nazarda tutadi.
Zelenskiy avvalroq o‘zining Telegram-kanalida Ukraina uchun g‘alaba qozonish rejasi to‘liq tayyorlanganini ma’lum qilgandi. Avgust oyida u rejada "Rossiyani urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlashning kuchli paketi" ham borligini ta’kidladi.
Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning so‘zlarini izohlar ekan, Moskva Kiyev rejimining mohiyatini bilishini, Maxsus harbiy operatsiyani davom ettirishini va barcha maqsadlariga erishishini ta’kidladi.