https://oz.sputniknews.uz/20240924/markaziy-osiyo-malayziya-investitsia-elektron-platforma-45815100.html
Markaziy Osiyo davlatlari va Malayziya o‘rtasida investitsion elektron platforma yaratiladi
Markaziy Osiyo davlatlari va Malayziya o‘rtasida investitsion elektron platforma yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Platforma yaratish taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan bildirildi. 24.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-24T18:14+0500
2024-09-24T18:14+0500
2024-09-24T18:14+0500
iqtisod
o‘zbekiston
malayziya
markaziy osiyo
investitsiya
savdo
savdo-sanoat palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45815286_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_70e7bd3c4cb76fb044d1ff97f89538ee.jpg
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Malayziya hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida investitsion elektron platforma yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati ma’lum qildi. O‘zbekiston-Malayziya biznes kengashi raisi Lim Chin Fui boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida SSPda "O‘zbekiston - Malayziya" davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat qurilish, energiya resurslarini qayta ishlash, neft va gaz, qandolatchilik hamda sog‘liqni saqlash sohalarida ish yurituvchi 50 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda eksport-import hajmini oshirish bo‘yicha fikr almashishdi. Aytilishicha, o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan keyingi qo‘shma harakatlar belgilandi.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45815286_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1945d0daf48d37ef03e714df030564b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, malayziya, markaziy osiyo, investitsiya, savdo, savdo-sanoat palatasi
iqtisod, o‘zbekiston, malayziya, markaziy osiyo, investitsiya, savdo, savdo-sanoat palatasi
Markaziy Osiyo davlatlari va Malayziya o‘rtasida investitsion elektron platforma yaratiladi
Platforma yaratish taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan bildirildi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Malayziya hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida investitsion elektron platforma yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati
ma’lum qildi. O‘zbekiston-Malayziya biznes kengashi raisi Lim Chin Fui boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida SSPda "O‘zbekiston - Malayziya" davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat qurilish, energiya resurslarini qayta ishlash, neft va gaz, qandolatchilik hamda sog‘liqni saqlash sohalarida ish yurituvchi 50 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda eksport-import hajmini oshirish bo‘yicha fikr almashishdi.
“Suhbat chog‘ida Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov tomonidan Malayziya hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida investitsion elektron platforma yaratish bo‘yicha taklif berildi va xorijiy ishbilarmon doira vakillari tomonidan ma’qullanib, ushbu platformani ishga tushirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan keyingi qo‘shma harakatlar belgilandi.