O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryodagi gidropostlarga avtomatik qurilmalar o‘rnatadi
10:15 23.09.2024 (yangilandi: 10:19 23.09.2024)
© Ministerstvo vodnix resursov i irrigatsii respubliki KazaxstanKazaxstan i Uzbekistan opredelili 10 gidropostov na reke Sirdarya, gde budut ustanovleni sistemi avtomaticheskogo ucheta vodi
© Ministerstvo vodnix resursov i irrigatsii respubliki Kazaxstan
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish istagini bildirdi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston suvning hisobi va monitoringini yuritish maqsadida Sirdaryodagi 10 ta gidropostda avtomatik qurilmalarni joriy qilishga kelishib olishdi. Bu haqda Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov uchrashdi. Tomonlar gidropostlarni avtomatlashtirish va Sirdaryodagi suv hisobini raqamlashtirish masalalarini muhokama qilishdi.
“Bugungi kunda Qozog‘iston va O‘zbekiston 10 ta nuqta bo‘yicha kelishib oldi, ularda zamonaviy suv hisoblagichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Nurjan Nurjigitov mazkur loyihani hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya tashkilotlari va kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilayotganini alohida ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarining kelasi yilgi sug‘orishdan oldingi mavsumi uchun ishlash rejimlari ham muhokama qilindi.
Aytilishicha, Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida suv omborlarini ishga tushirish bo‘yicha prognoz jadvali tuziladi va suv ta’minoti hajmlari tasdiqlanadi.
“O‘zbekistonlik hamkasblarimizga Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi yig‘ilishidagi faol ishtiroki va bildirilgan takliflari uchun katta rahmat. O‘tgan bir yil davomida hamkorlikdagi ishimiz ijobiy natijalar berayotganiga amin bo‘ldik, shu bois yaqin ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz. Biz ko‘p masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarga egamiz. Bu mavjud masalalarning aksariyatini o‘zaro manfaatli asosda hal qilish imkonini beradi”, — dedi Nurjan Nurjigitov.
Shavkat Hamroyev, o‘z navbatida, O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish istagini bildirdi.
“O‘zbekiston Qozog‘istonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raisligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Biz esa bu yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlab, birgalikda loyihalar ustida ishlamoqchimiz. Masalan, Sirdaryo va Amudaryo havzalari ekotizimlarini saqlash, mahalliy aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, kichik va mahalliy suv havzalarini tiklash va boshqalar”, – dedi Hamroyev.
O‘zbekiston tomoni ma’lum qilishicha, uchrashuvda Orolbo‘yi mintaqasida suv, ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan umumiy qiymati 25,3 mln dollar bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishni ham ko‘rib chiqishdi. Muzokaralar yakunida vazirlar uchrashuv bayonnomasini imzolashdi.
© Ministerstvo vodnix resursov i irrigatsii respubliki KazaxstanKazaxstan i Uzbekistan opredelili 10 gidropostov na reke Sirdarya, gde budut ustanovleni sistemi avtomaticheskogo ucheta vodi
Kazaxstan i Uzbekistan opredelili 10 gidropostov na reke Sirdarya, gde budut ustanovleni sistemi avtomaticheskogo ucheta vodi
© Ministerstvo vodnix resursov i irrigatsii respubliki Kazaxstan
Ma’lumot uchun, Sirdaryo oqimi Qirg‘izistonning tog‘li qismida (74%) hosil bo‘lgan, yuqori oqimining kichik qismi Xitoyda joylashgan. Sirdaryo O‘zbekistonni (441 km), Tojikistonni (144 km) kesib o‘tib, Qozog‘iston hududida (1627 km) Orol dengiziga quyiladi. Sirdaryo Markaziy Osiyodagi eng yirik darolardan biri bo‘lib, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida Norin va Qoradaroning quyilishida hosil bo‘lgan suv miqdori bo‘yicha ikkinchi, uzunligi bo‘yicha O‘rta Osiyoda birinchi o‘rinda turadi.