https://oz.sputniknews.uz/20240923/migratsiya-hukumat-tayinlovlar-45800678.html
Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi
Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Behzod Musayev esa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlanadi. 23.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-23T17:50+0500
2024-09-23T17:50+0500
2024-09-23T17:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
migratsiya
migrantlar
behzod musayev
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/17/45801096_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c968f9e30288c086c9b2ad566848ed57.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi, deb yozmoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tishdan oldin davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga to‘xtaldi.Prezident kuni kecha imzolagan 2 ta muhim hujjatga muvofiq, shu yilning o‘zida 500 ming, kelgusi yilda yana 1 million odamni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlanmoqda.Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.Davlat rahbari mamlakat oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ta’kidladi.Agentlikka fuqarolarning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi. Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlar taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/17/45801096_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7474eefd27c881813d58f9bbf395a9c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, migratsiya, migrantlar, behzod musayev, yangi tayinlov
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, migratsiya, migrantlar, behzod musayev, yangi tayinlov
Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi
Behzod Musayev esa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlanadi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi, deb yozmoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining
Telegram-kanalida. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tishdan oldin davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga to‘xtaldi.
Prezident kuni kecha imzolagan 2 ta muhim hujjatga muvofiq, shu yilning o‘zida 500 ming, kelgusi yilda yana 1 million odamni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlanmoqda.
Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.
“Shu munosabat bilan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani ma’lum qilindi”, — deyiladi xabarda.
Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.
Davlat rahbari mamlakat oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ta’kidladi.
“Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi va Behzod Musayev unga rahbar etib tayinlanadi”, — deb yozadi Asadov.
Agentlikka fuqarolarning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi. Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlar taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.