Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

© PulatovShavkat Mirziyeyev i Serdar Berdimuxamedov torjestvenno otkrili Tashkentskiy park v Ashxabade
Shavkat Mirziyeyev i Serdar Berdimuxamedov torjestvenno otkrili Tashkentskiy park v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston yetakchisiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Muloqotda O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi. Unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
"O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi", —deyiladi xabarda.
Faol siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar, jumladan, Hukumatlararo komissiya doirasidagi hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.
Quyidagilar qayd etildi:
o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda;
"Shovot-Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi barpo etilmoqda;
energetika va transport sohasidagi hamkorlik chuqurlashmoqda;
hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari va qo‘shma tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
Yangiliklar lentasi
0