https://oz.sputniknews.uz/20240922/jsst-gripp-davolash-tavsiyalar-45779850.html
JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi
JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
JSST: dunyo bo‘yicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. 22.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-22T16:36+0500
2024-09-22T16:36+0500
2024-09-23T10:12+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
gripp
kasallik
jsst
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/15/41682255_0:63:3072:1791_1920x0_80_0_0_deb15b613157ce51f939b71a2a7a5fc1.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) grippga qarshi kurash bo‘yicha yangi qo‘llanmani ishlab chiqdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Yangilangan yo‘riqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. Ulardan 3-5 million nafarida kasallik og‘ir kechadi. Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan ko‘z yummoqda.Qo‘llanmada qayd etilishicha, agar xastalik yengil kechayotgan bemorlarda grippning og‘ir shakllari rivojlanish ehtimoli bo‘lsa, mutaxassislar baloksavir buyurishni tavsiya qiladi. Agar bunday xavf darajasi past bo‘lsa, preparatni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.Kasallikning og‘ir bosqichida oseltamivirdan foydalanish samarali. Biroq peramivir va zanamivir bilan davolanish buyurilmaydi. Agar bemorlarda boshqa bakterial infeksiyalar rivojlanish xavfi past bo‘lsa, ularga makrolidlar buyurilmasligi, plazma terapiyasi o‘tkazilmasligi zarur.Agar gripp tufayli shifoxonaga yotqizilish xavfi juda yuqori bo‘lsa, oseltamivirni profilaktika vositasi sifatida qo‘llash mumkin. Lekin bunday vaziyatda laninamivir va zanamivirni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/15/41682255_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_a031f54ddabb61a8600540ecfa662b1f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), gripp, kasallik, jsst
dunyo yangiliklari, dunyoda, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), gripp, kasallik, jsst
JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi
16:36 22.09.2024 (yangilandi: 10:12 23.09.2024) JSST: dunyo bo‘yicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) grippga qarshi kurash bo‘yicha yangi qo‘llanmani ishlab chiqdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. Yangilangan yo‘riqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. Ulardan 3-5 million nafarida kasallik og‘ir kechadi. Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan ko‘z yummoqda.
Qo‘llanmada qayd etilishicha, agar xastalik yengil kechayotgan bemorlarda grippning og‘ir shakllari rivojlanish ehtimoli bo‘lsa, mutaxassislar baloksavir buyurishni tavsiya qiladi. Agar bunday xavf darajasi past bo‘lsa, preparatni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
“Grippning yengil shakllariga chalinganlarga laninamivir, oseltamivir, peramivir, zanamivir, favipiravir va umifenovirdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, bunday holatda antibiotiklar qabul qilish ham to‘g‘ri emas”, — deyiladi JSST xabarida.
Kasallikning og‘ir bosqichida oseltamivirdan foydalanish samarali. Biroq peramivir va zanamivir bilan davolanish buyurilmaydi. Agar bemorlarda boshqa bakterial infeksiyalar rivojlanish xavfi past bo‘lsa, ularga makrolidlar buyurilmasligi, plazma terapiyasi o‘tkazilmasligi zarur.
Agar gripp tufayli shifoxonaga yotqizilish xavfi juda yuqori bo‘lsa, oseltamivirni profilaktika vositasi sifatida qo‘llash mumkin. Lekin bunday vaziyatda laninamivir va zanamivirni qo‘llash tavsiya etilmaydi.