https://oz.sputniknews.uz/20240921/siyosiy-partiyalar-saylovoldi-tashviqot-odob-axloq-qoidalari-45773517.html
Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini imzoladi
Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Bugun, 21-sentabr kuni siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini partiyalarning rahbarlari tomonidan imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2024-09-21T13:41+0500
2024-09-21T13:41+0500
2024-09-21T13:41+0500
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
saylov kodeksi
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/15/45772885_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_44b6b3bca5d29cf0366c5ad61ddc0b1d.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Bugun, 21-sentabr kuni siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini partiyalarning rahbarlari tomonidan imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Ushbu odob-axloq qoidalari saylovoldi tashviqoti davrida yolg‘on axborot tarqatishning oldini olish, saylovlarning asosiy prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash hamda saylovchilarga o‘z tanlovini erkin amalga oshirish imkonini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.Odob-axloq qoidalarining muhim qoidalaridan biri ommaviy axborot vositalari va internet orqali saylovoldi tashviqotini olib borishda sun’iy intellektdan foydalanish tartibiga qat’iy amal qilish hisoblanadi.Odob-axloq qoidalari bilan siyosiy partiyalar vakillari saylovoldi tashviqoti jarayonlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish, siyosiy partiya vakillarining shaxsiy hayot daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish, shuningdek ijtimoiy axloqqa zid har qanday axborotni tarqatmaslik, saylovchilarga nisbatan tovlamachilik, qo‘rqitish yoki majburlash, o‘zgacha noo‘rin ta’sir choralarini qo‘llamaslik va haq evaziga o‘ziga og‘dirib olmaslik kabi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladilar.Ma’lumot uchun, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20240920/partiyalar-va-nomzodlar-saylovoldi-tashviqotiga-ruxsat-berildi-45763320.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/15/45772885_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c5ad6b45a5f6d0a195f7a9209659d02a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqot odob-axloq qoidalari
siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqot odob-axloq qoidalari
Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini imzoladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasi tobora qizg‘in pallaga kirmoqda.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Bugun, 21-sentabr kuni siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini partiyalarning rahbarlari tomonidan imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati
xabar berdi. Ushbu odob-axloq qoidalari saylovoldi tashviqoti davrida yolg‘on axborot tarqatishning oldini olish, saylovlarning asosiy prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash hamda saylovchilarga o‘z tanlovini erkin amalga oshirish imkonini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Odob-axloq qoidalarining muhim qoidalaridan biri ommaviy axborot vositalari va internet orqali saylovoldi tashviqotini olib borishda sun’iy intellektdan foydalanish tartibiga qat’iy amal qilish hisoblanadi.
Odob-axloq qoidalari bilan siyosiy partiyalar vakillari saylovoldi tashviqoti jarayonlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish, siyosiy partiya vakillarining shaxsiy hayot daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish, shuningdek ijtimoiy axloqqa zid har qanday axborotni tarqatmaslik, saylovchilarga nisbatan tovlamachilik, qo‘rqitish yoki majburlash, o‘zgacha noo‘rin ta’sir choralarini qo‘llamaslik va haq evaziga o‘ziga og‘dirib olmaslik kabi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladilar.
“Siyosiy partiyalar rahbarlari o‘rtasida Odob-axloq qoidalarining imzolanganligi mamlakatimizda saylov madaniyatining rivojlanayotganidan dalolat beradi hamda saylovlarni milliy qonunchiligimizga binoan ochiq, oshkora va shaffof o‘tkazishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.