O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish tartibi o‘zgarmoqda

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKalkulyator i dom
Kalkulyator i dom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2024
Obuna bo‘lish
Qonunning qabul qilinishi davlat mulkini boshqarish sohasini takomillashtiradi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish tartibi o‘zgarmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaMenyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva
Menyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2024
Menyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, qulay investitsiya muhitini yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaMenyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva
Menyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2024
Menyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva
Qonun bilan bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulki garovga berilmasligini belgilovchi norma kiritilmoqda.
Bundan tashqari, “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritilib, ustav fondidagi davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi kerakligi qayd etilmoqda.
Shuningdek, mazkur xarajatlar ular biznes-rejasining o‘tgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi ko‘rsatkichlari bajarilganda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi davlat mulkini boshqarish sohasini takomillashtiradi. Maxsus vakolatli organning vakolatlari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash orqali xususiy mulkchilik kengaytiriladi. Xususiylashtirish jarayonlari ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlaydi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaMenyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva
Menyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2024
Menyayetsya poradok privatizatsii gosudarstvennogo imushestva
Qizg‘in kechgan muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Yangiliklar lentasi
0