Rossiya TIV Livandagi voqealar rivojidan xavotir bildirdi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2024
Obuna bo‘lish
Mariya Zaxarova Livanda sodir bo‘lgan voqealarni dahshatli terrorchilik harakati va katta mojaro qo‘zg‘atishga urinish deb atadi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya bir necha kundan buyon keskinlik kuchayib borayotgan Livandagi voqealardan xavotirda, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
“Biz Livan Respublikasidagi hodisalarning xavfli rivojlanishidan qattiq xavotirdamiz. Eslatib o‘taman, 19-sentabr kuni Isroil aviatsiyasi Livan janubidagi qator hududlarga bir qator ommaviy hujumlar uyushtirdi. Bungacha, ikki kun ketma-ket - 17 va 18-sentabr kunlari Livan misli ko‘rilmagan terroristik hujumlarga duchor bo‘ldi, ular kiberhujumlar xarakteriga ega edi”, - dedi u brifingda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘nlab insonlar, jumladan, bolalar ham ushbu hujumlar qurboni bo‘lgan, minglab odamlar jarohatlangan. Zaxarovaga ko‘ra, bu voqea jahon hamjamiyati tarixida misli ko‘rilmagan hodisa.
“Bunaqasi bo‘lmagan: afsuski, bundan ham ko‘proq odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan, bundan ham ko‘proq odam jabr ko‘rgan teraktlar sodir bo‘lgan, ammo bu shunday ko‘lamni va yangi texnologiyalardan foydalanishni o‘zida mujassam etgan mutlaqo yangi turdagi terakt”, - deya xulosa qildi Zaxarova.
17 va 18-sentabr kunlari Livanning turli hududlarida aloqa vositalari, jumladan peyjerlar va ratsiyalar portlatildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 37 kishi halok bo‘lgan, uch mingdan ortiq kishi jarohatlangan. “Hizbulloh” va Livan rasmiylari voqeada Isroilni aybladi. Isroil rasmiylari hozircha o‘zlarining ishtirokini tasdiqlamadi ham, rad ham etmadi. Mariya Zaxarova Livanda sodir bo‘lgan voqealarni dahshatli terrorchilik harakati va katta mojaro qo‘zg‘atishga urinish deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0