Qishloq xo‘jaligidagi natijalar va rejalar: Mirziyoyev taqdimot bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey o xode realizatsii reform v selskom xozaystve.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey o xode realizatsii reform v selskom xozaystve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2024
Obuna bo‘lish
Prezident bog‘ va tokzorlarni sanoatlashgan tarzda barpo etish muhimligini aytdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni qishloq xo‘jaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qo‘shimcha, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetishtirilmoqda.
Shuningdek, yangi tajribalar sifatida 112 ming gektarga tindirilgan urug‘, 200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashlab ekildi.
Mutasaddilar ushbu yangiliklarning natijalari va kelgusi yil uni yanada kengaytirish rejalari yuzasidan axborot berdi. Davlat rahbari xorijdan urug‘ olib kelishda raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini ham rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
Navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi. Unga ko‘ra, 31 ta elita urug‘chilik xo‘jaligi va 6 ta urug‘lik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46 ta urug‘chilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona tashkil etiladi. Yangi urug‘lar 2-yilda ekishga joriy qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey o xode realizatsii reform v selskom xozaystve.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey o xode realizatsii reform v selskom xozaystve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey o xode realizatsii reform v selskom xozaystve.
O‘zbekistonda 266 ming gektar bog‘ va 132 ming gektar tokzor bor. Hududlarda yaxshi foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlar ko‘p.
Ta’kidlanishicha, endi bunday yerlarda mevali bog‘lar, jumladan, uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hududlarning ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi. Yerni tayyorlash, ko‘chat olish, ekish va sug‘orish tizimlari o‘rnatish hamda bog‘ hosilga kirguncha 3-yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bog‘larga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatiladi.
Shuningdek, bunday loyihalarga yer ajratish tizimi ham o‘zgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar o‘rnida bog‘ barpo etish bo‘yicha taklif kiritadi. Ular ochiq elektron tanlov asosida 30-yil muddatgacha ijaraga beriladi.
Prezident bog‘ va tokzorlarni sanoatlashgan tarzda barpo etish muhimligini aytdi.
“Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey o xode realizatsii reform v selskom xozaystve.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey o xode realizatsii reform v selskom xozaystve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey o xode realizatsii reform v selskom xozaystve.
Taqdimotda issiqxona xo‘jaliklaridan ham samarali foydalanish, ularni elektr energiyasi, tabiiy gaz va aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Paxta va g‘alla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizatsiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratishni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va sug‘orish vaqtini 60 foizgacha kamaytirishga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, ularni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Fermer sobirayet klubniku na pole, Yegipet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2024
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi — prezident qarori
Yangiliklar lentasi
0