https://oz.sputniknews.uz/20240920/interpolning-neytral-maqomini-saqlab-qolish-muhim--mdh-vakillari-45766843.html
Interpolning neytral maqomini saqlab qolish muhim — MDH vakillari
Interpolning neytral maqomini saqlab qolish muhim — MDH vakillari
Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda Interpol samarali hamkorlik qilish imkonini beradi — Rossiya IIV. 20.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-20T18:28+0500
2024-09-20T18:28+0500
2024-09-20T20:45+0500
mdh
interpol
o‘zbekiston
rossiya
jinoyatchilik
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/14/45766975_0:81:1170:739_1920x0_80_0_0_68d4510ae0e1ea21dc98296a234987ea.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Interpolning neytral maqomini saqlab qolish muhim. Bu haqida Moskvada bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlarning Interpol Milliy markaziy qo‘mitalari rahbarlarining yig‘ilishida ta’kidlandi. Delegatlar, shuningdek, xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, noqonuniy migratsiya va avtotransport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda Interpol kanallari orqali hamkorligini kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar. Undan tashqari, vakillar axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqdilar.Moskvada 17-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan tadbirda Rossiya IIV va Bosh prokuraturasi rahbarlari, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston IIV delegatsiyalari ishtirok etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/14/45766975_39:0:1131:819_1920x0_80_0_0_42fe9c97fb358b6fac4d4d04c533a1c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh, interpol, o‘zbekiston, rossiya, jinoyatchilik, iiv
mdh, interpol, o‘zbekiston, rossiya, jinoyatchilik, iiv
Interpolning neytral maqomini saqlab qolish muhim — MDH vakillari
18:28 20.09.2024 (yangilandi: 20:45 20.09.2024) Xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda Interpol samarali hamkorlik qilish imkonini beradi — Rossiya IIV.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Interpolning neytral maqomini saqlab qolish muhim. Bu haqida Moskvada bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlarning Interpol Milliy markaziy qo‘mitalari rahbarlarining yig‘ilishida ta’kidlandi.
MDH vakillari MDH davlatlarida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyat turlariga qarshi kurash maqsadida tashkilotning neytral maqomini saqlab qolish va o‘zaro axborot almashinuvining mavjud istiqbolli kanallaridan foydalanish zarurligini ta’kidlashdi.
Delegatlar, shuningdek, xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, noqonuniy migratsiya va avtotransport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda Interpol kanallari orqali hamkorligini kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Undan tashqari, vakillar axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqdilar.
Moskvada 17-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan tadbirda Rossiya IIV va Bosh prokuraturasi rahbarlari, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston IIV delegatsiyalari ishtirok etdi.