https://oz.sputniknews.uz/20240918/uzbekistan-russia-turizm-imkoniyatlar-45726393.html
O‘zbekiston va Rossiya turizm imkoniyatlarini kengaytiradi — tafsilotlar
O‘zbekiston va Rossiya turizm imkoniyatlarini kengaytiradi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Turizm qo‘mitasi Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
2024-09-18T16:19+0500
2024-09-18T16:19+0500
2024-09-18T16:19+0500
turizm
o‘zbekiston
rossiya
moskva
sayyohlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/01/15301802_0:61:1177:723_1920x0_80_0_0_8e1c5360af2fffc302302ed7457e3270.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi turizm imkoniyatlari kengaytiriladi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Otdix. Leisure-2024” forum-ko‘rgazmasi doirasida Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.Muzokaralarda Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor turizm sektorlari o‘rtasidagi aloqalarni oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish va ilg‘or yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi.Shuningdek, “Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili” doirasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.Aytilishicha, maktab o‘quvchilari, talabalar va kasaba uyushma tashkilotlari uchun maxsus sayohat paketlarini yaratish, ikki mamlakat turizm sohalari vakillari uchun V2V va V2G uchrashuvlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Shaharlar va aeroportlarda LED ekranlar orqali turizm salohiyatni o‘zaro targ‘ib qilish ham turistik takliflardan xabardorlikni oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.Tomonlar taklif etilayotgan chora-tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada ilgari surish uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonch bildirishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/01/15301802_66:0:1111:784_1920x0_80_0_0_4131aecee589a746fbddf48b81967a5b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm qo‘mitasi moskva viloyati hamkorlik muzokaralar otdix. leisure-2024 forum-ko‘rgazmasi
turizm qo‘mitasi moskva viloyati hamkorlik muzokaralar otdix. leisure-2024 forum-ko‘rgazmasi
O‘zbekiston va Rossiya turizm imkoniyatlarini kengaytiradi — tafsilotlar
Turizm qo‘mitasi Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi turizm imkoniyatlari kengaytiriladi, deya xabar berdi
Turizm qo‘mitasi. Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Otdix. Leisure-2024” forum-ko‘rgazmasi doirasida Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
"Uchrashuvda Moskva viloyati hukumati raisining o‘rinbosari – Moskva viloyatini obodonlashtirish vaziri Mixail Xaykin, Moskva viloyati madaniyat va turizm vaziri Vasiliy Kuznetsov, Moskva viloyati madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksey Shimko va Moskva viloyati investitsiyalar, sanoat va fan vazirining o‘rinbosari Adil Gansov ishtirok etdilar", — deyiladi xabarda.
Muzokaralarda Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor turizm sektorlari o‘rtasidagi aloqalarni oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish va ilg‘or yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi.
“Tomonlar sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan hamkorlikda reklama kampaniyalarini o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu nufuzli ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va qo‘shma turistik marshrutlarni ilgari surishni o‘z ichiga oladi, bu esa har ikki tomonga qiziqishni oshirishga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili” doirasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Aytilishicha, maktab o‘quvchilari, talabalar va kasaba uyushma tashkilotlari uchun maxsus sayohat paketlarini yaratish, ikki mamlakat turizm sohalari vakillari uchun V2V va V2G uchrashuvlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Shaharlar va aeroportlarda LED ekranlar orqali turizm salohiyatni o‘zaro targ‘ib qilish ham turistik takliflardan xabardorlikni oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
“Delegatsiya Moskva viloyati vakillarining Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etishiga umid bildirib, mintaqaning ko‘rinishi va jozibadorligini oshirish uchun yagona stend yaratish muhimligini ta’kidladi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Tomonlar taklif etilayotgan chora-tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada ilgari surish uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonch bildirishdi.