Ombudsman lavozimiga qo‘yiladigan talablar soddalashtiriladi

© Press-slujba Minyusta RUzDeputati prinyali zakon, kotorim uchrejdayutsya simvoli prezidenta — znak i shtandart (flag).
Deputati prinyali zakon, kotorim uchrejdayutsya simvoli prezidenta — znak i shtandart (flag). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2024
Obuna bo‘lish
Inson huquqlari bo‘yicha vakil prezident, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga “maxsus ma’ruza” taqdim etadi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) lavozimi uchun nomzodga qo‘yiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar bekor qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Qayd etilishicha, hujjat bilan ombudsman faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi va mutlaqo yangi huquq, prezident, Oliy Majlis palatalari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga “maxsus ma’ruza” taqdim etish huquqi belgilab qo‘yilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan “muqobil ma’ruza” tayyorlashi hamda tegishli halqaro tashkilotlarga taqdim etish mumkinligi ham belgilanmoqda.
Ombudsman lavozimi uchun nomzodga qo‘yiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar bekor qilinmoqda.
Quyidagi talablar bekor qilinmoqda:
yuksak axloqiy sifatlar;
oliy ma’lumot;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajriba.
Shuningdek, ombudsman ta’sir choralarining turlariga aniqlik kiritilgan holda (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda, har bir ta’sir chorasi alohida-alohida moddada aks ettirilyapti.
Ombudsman institutining inson huquqlari bo‘yicha milliy institut sifatidagi ahamiyati oshirilib, sohaga oid huquqlari yanada kengaytirilmoqda.
Xususan, ombudsman faoliyatida inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, jumladan, bolalar ombudsmani, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi bilan hamkorligi aniqlashtirilmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) institutining inson huquqlari bo‘yicha milliy institut sifatidagi ahamiyatining oshishiga, uning huquqlari kengaytirilishiga va majburiyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0