O‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi

© © PR-ofis BFU im. I.KantaO‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
O‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2024
Obuna bo‘lish
Eng yuqori natijalarni qayd etgan yoshlarga I.Kant nomidagi BFU va M.V. Lomonosov nomidagi MDU falsafa yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura va aspiranturaga kirishda imtiyozlar beriladi. Shuningdek, g‘oliblar va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik talabalar Rossiyada kuz faslida bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi xalqaro talabalar falsafa olimpiadasida ishtirok etishadi, deya xabar berdi tashkilotchilar.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqtgacha 18 ta davlatdan 650 nafardan ortiq bakalavr, magistratura va maxsus ta’lim bosqichida tahsil olayotgan talabalar olimpiadada ishtirok etish uchun ariza topshirgan, ular orasida O‘zbekistondan 10 nafar yoshlar ham bor.
© © PR-ofis BFU im. I.KantaO‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
Studenti iz Uzbekistana vistupat na Mejdunarodnoy olimpiade po filosofii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2024
O‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
Musobaqada ishtirokchilar ikki bosqichdan o‘tishi kerak bo‘ladi: birinchisi masofaviy bosqich bo‘lib, 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda talabalar Kant va uning ta’limotiga bag‘ishlangan 6 ta mavzudan biriga esse yozadilar. Noyabrda birinchi bosqich g‘oliblaridan 50 nafari faylasufning vatani bo‘lgan Kaliningrad shahrida Kant nomidagi Boltiq federal universitetida (BFU) bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda ishtirok etadilar.
© © PR-ofis BFU im. I.KantaO‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
Studenti iz Uzbekistana vistupat na Mejdunarodnoy olimpiade po filosofii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2024
O‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
Tashkiliy qo‘mita vakillari Xalqaro olimpiadada ishtirok etish bepul ekanligini, birinchisi bosqich g‘oliblarining safar va yashash xarajatlari tadbir tashkilotchilari tomonidan qoplanishini ma’lum qilishdi. Eng yuqori natijalarni qayd etgan yoshlarga I.Kant nomidagi BFU va M.V. Lomonosov nomidagi MDU falsafa yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura va aspiranturaga kirishda imtiyozlar beriladi. Shuningdek, g‘oliblar va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda birinchi Olimpiadada ishtirok etish uchun O‘zbekistondan o‘nlab talabalar ariza topshirgan, To‘lqin Atoyev birinchi bosqich g‘olibi bo‘lgan.
“Men 2022-yilda falsafiy musobaqada qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Boltiq federal universiteti barcha ixtisosliklar bo‘yicha talabalar uchun ochiq edi. Men asli shifokorman, ammo bugungi kunda shifokorlar oldida ham tibbiyotdagi etika masalalari o‘ta dolzarb. Men o‘zim uchun muhim savollarga javoblar topdim, do‘stlar orttirdim, mashhur olimlarni tingladim va albatta, Kantning go‘zal shahrida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldim. O‘zbekistonlik talabalarga ham bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikni va FXTO-2024 da o‘z kuchlarini sinab ko‘rishni maslahat beraman”, — dedi u.
Kant nomidagi BFU rektor vazifasini bajaruvchi Maksim Demin 2022-yilda olimpiada ishtirokchilari turli ilmiy sohalar talabalari bo‘lganini ta’kidladi: falsafa, huquqshunoslik, filologiya, iqtisodiyot, pedagogika, tibbiyot va boshqalar.
© © PR-ofis BFU im. I.KantaO‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
Studenti iz Uzbekistana vistupat na Mejdunarodnoy olimpiade po filosofii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2024
O‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
“Bu falsafa bilan faqatgina tor doiradagi odamlar qiziqadi, degan afsonani yo‘q qildi. Bugun falsafa bu dunyoning global muammolariga javob topishdan qo‘rqmaydigan yoshlar uchun o‘rganiladigan fan”, — dedi u.
Demin, shuningdek, bu yilgi olimpiadaning ahamiyatini ta’kidladi va o‘zbekistonlik talabalarni tadbirda ishtirok etishga shaxsan taklif qildi.
“Ishonamanki, olimpiadamizning natijasida yangi ilmiy tushunchalar bo‘ladi va biz qo‘lida kelajak jamlangan yangi avlodning ovozini eshitamiz. Men o‘zbekistonlik iqtidorli talabalarni Immanuil Kantning vatanida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro falsafa olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilaman, bu yil buyuk mutafakkirning uch yuz yilligi nishonlanmoqda”, — dedi Maksim Demin.
Ro‘yxatdan Kant nomidagi BFU saytida 19-sentabrgacha o‘tish mumkin. Final yakunlari va g‘oliblarni e’lon qilish marosimi 29-noyabrda bo‘lib o‘tadi.
© © PR-ofis BFU im. I.KantaO‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
Studenti iz Uzbekistana vistupat na Mejdunarodnoy olimpiade po filosofii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2024
O‘zbekistonlik talabalar falsafa fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etishadi
Olimpiada tashkilotchilari: Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida I. Kant nomidagi Boltiq federal universiteti va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti.
Yangiliklar lentasi
0