O‘zbekiston teatri jamoasi Rossiyada mukofotlandi

© Gosudarstvenniy teatr yunogo zritelya UzbekistanaTeatr Uzbekistana poluchil nagradu v Rossii
Teatr Uzbekistana poluchil nagradu v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2024
Obuna bo‘lish
B.Basangov nomidagi milliy dramatik teatr direktori Galina Shurayeva o‘zbek teatri jamoasini maxsus diplom va statuetka bilan taqdirladi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi Rossiyaning Elista shahrida o‘tkazilayotgan “Keyeda” IV xalqaro bolalar teatrlari festivalida mukofotlandi. Bu haqda teatr matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
13 sentabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Iskandarova tomonidan sahnalashtirilgan “Muxa-Sokotuxa” muzikl spektakli namoyish etildi.
B.Basangov nomidagi milliy dramatik teatr direktori Galina Shurayeva o‘zbek teatri jamoasini maxsus diplom va statuetka bilan taqdirladi.
Qalmiq Respublikasi Madaniyat vazirligi san’at bo‘limi boshlig‘i Natalya Gadanova ijodiy jamoaga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Teatr arboblari uyushmasi hududiy bo‘lim boshlig‘i Sergey Burlachenko ham jamoaga festivaldagi ishtirok uchun minnatdorlik bildirdi.
Rossiyaning Elista shahrida 10-15 sentabr kunlari “Keyeda” xalqaro teatr festivali bo‘lib o‘tmoqda.
V Kalmikii proydet festival spektakley dlya detey Keyeda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2024
O‘zbekiston Rossiyada o‘tadigan “Keyeda” xalqaro teatr festivalida ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0