"UzAuto"ga yonib ketayotgan avtomobillarni chaqirib olishga majburiy ko‘rsatma berildi

© Sputnik / Igor Chuprin / Mediabankka o‘tishZapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii
Zapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2024
Obuna bo‘lish
Raqobat qo‘mitasi "UzAuto"ga yonib ketgan mashina o‘rniga yangisini berish hamda ushbu partiya avtombillarini tezkor qaytarib olib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Raqobat qo‘mitasi “Uzauto Motors” kompaniyasiga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 37 ta avtomobilni qaytarib olishga ko‘rsatma berdi, deb xabar qilmoqda qo‘mita axborot xizmati.
Raqobat qo‘mitasi qoraqalpog‘istonlik fuqaro A.D.ning “UzAuto Motors” AJ tomonidan 2023-yilda ishlab chiqarilgan“Lacetti L-Style MT” rusumli avtomobili texnik nosozlik tufayli yonib ketgani, lekin ishlab chiqaruvchi ushbu holatni o‘z vaqtida bartaraf etmayotgani yuzasidan murojaatni ko‘rib chiqqan.
Shuningdek, ushbu model va artikulli avtomobil Navoiy viloyatida ham texnik nosozlik tufayli yonib ketgani aniqlangan.
Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 14 va 20-moddalari talablari buzilish alomatlari bo‘yicha “UzAuto Motors” AJ va “PSM-AVTOSAVDO” MChJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

Qo‘mita tomonidan ushbu holat (avtomobilda yong‘in chiqishi) inson hayoti va uning sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligi holatlarini inobatga olgan holda yuqorida qayd etilgan avtomobil bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 37 ta aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobillarni 10 kun ichida qaytarib olinib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan majburiy ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqaroga ayni shunday markali yangi avtomobil almashtirib berildi. Iste’molchi talab qo‘ygan vaqtdan boshlab o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘lashi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0