Shavkat Mirziyoyev paralimpiadachilarga davlat mukofotlarini topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev paralimpiadachilarga mukofotlarni topshirdi
Shavkat Mirziyoyev paralimpiadachilarga mukofotlarni topshirdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2024
Obuna bo‘lish
Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, MDH bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Paralimpiyada ishtirokchilari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashi, ularga davlat mukfotlarini topshirdi.

O‘z nutqida prezident sportchilarning asosiy yutuqlarini sanab o‘tdi:
Husniddin Norbekov mamlakat tarixida birinchi marta uch karra Paralimpiya chempioni bo‘ldi va yangi rekord o‘rnatdi;
Bobirjon Omonov (yadro uloqtirish) bo‘yicha paralimpiya rekordini yangiladi;
Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash) va Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish) bo‘yicha jahon rekordlarini yangiladi;
15 yashar Shahinaxon Yigitaliyeva kumush medal bilan Paralimpiya tarixidagi eng yosh sovrindor bo‘ldi;
Yorqinbek Odilov (nayza uloqtirish) Osiyo rekordini yangiladi;
Taekvondo terma jamoasi 3 ta medali bilan umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi;
Yengil atletikada vakillarimiz 8 ta oltin medal, ya’ni sovrinlarning 80%ini qo‘lga kiritdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev paralimpiadachilarga mukofotlarni topshirdi
Shavkat Mirziyoyev vruchil nagradi paralimpiysam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2024
Shavkat Mirziyoyev paralimpiadachilarga mukofotlarni topshirdi

Bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqchiman: sizlar taqdirning har qanday sinovlariga qaramasdan, faqat va faqat g‘alaba, ezgu maqsad sari intiladigan insonlarsiz. Mana shunday fazilatlaringiz yanada ziyoda bo‘lsin, sizlarga doimo baxt va omad keltirsin, - dedi Shavkat Mirziyoyev sportchilarga.

Eslatib o‘tamiz, Parijda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza — jami 26 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Osiyoda 3-o‘rinni, MDH va islom mamlakatlari bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston ilk bor 65 nafar sportchi bilan 9 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etgani va para velosportda ham debut qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev paralimpiadachilarga mukofotlarni topshirdi
Shavkat Mirziyoyev vruchil nagradi paralimpiysam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2024
Shavkat Mirziyoyev paralimpiadachilarga mukofotlarni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0