https://oz.sputniknews.uz/20240913/rossiya-markaziy-banki-asosiy-stavkani-oshirdi-45652184.html
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani oshirdi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani oshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya banki buni mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat va yuqori inflyatsiya xavfi bilan tushuntirdi. 13.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-13T16:34+0500
2024-09-13T16:34+0500
2024-09-13T16:41+0500
rossiya
markaziy bank
asosiy stavka
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/107/93/1079371_0:0:3076:1731_1920x0_80_0_0_5e78f9af9866d7d02adcbfb96e36a355.jpg
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani yana bir foizga oshirdi. Endi u 19%ni tashkil qiladi. Bu 2022-yil aprel oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich, o‘shanda yillik stavka 20% bo‘lgan. Asosiy stavka Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga kreditlar berish va ulardan depozitlarga pul mablag‘larini qabul qilishning minimal foizi hisoblanadi. Uning kattaligi inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Regulyator asosiy stavkani oshirganda, iqtisodiyotdagi pul qimmatlashadi - uy xo‘jaliklari va biznes uchun kreditlar va depozitlar bo‘yicha bank stavkalari oshadi. Pul sarflash va kredit olishdan ko‘ra omonat ochish va jamg‘arish foydaliroq bo‘ladi. Shuning uchun tovarlar va xizmatlarga talab kamayadi, narxlar sekinroq ko‘tarila boshlaydi va inflyatsiya sekinlashadi.2023 yil oxiridan boshlab Markaziy bank asosiy stavkani yillik 16 foiz darajasida ushlab turdi, biroq iyul oyida inflyatsiyaning tezlashishi, kreditlash stavkalarining tez sur’atlari va inflyatsiya kutilmalarining oshishi fonida oshirdi. Keyin regulyator stavkani 18 foizgacha oshirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/107/93/1079371_345:0:3076:2048_1920x0_80_0_0_f13ad9684644aff6b35c42294c8f05cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, markaziy bank, asosiy stavka, kredit
rossiya, markaziy bank, asosiy stavka, kredit
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani oshirdi
16:34 13.09.2024 (yangilandi: 16:41 13.09.2024) Rossiya banki buni mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat va yuqori inflyatsiya xavfi bilan tushuntirdi.
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani yana bir foizga oshirdi. Endi u 19%ni tashkil qiladi. Bu 2022-yil aprel oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich, o‘shanda yillik stavka 20% bo‘lgan.
"2024 yil 13-sentabrda Rossiya Markaziy banki Direktorlar kengashi asosiy stavkani <...> yillik 19,00% gacha oshirishga qaror qildi", - deyiladi xabarda.
Asosiy stavka Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga kreditlar berish va ulardan depozitlarga pul mablag‘larini qabul qilishning minimal foizi hisoblanadi. Uning kattaligi inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Regulyator asosiy stavkani oshirganda, iqtisodiyotdagi pul qimmatlashadi - uy xo‘jaliklari va biznes uchun kreditlar va depozitlar bo‘yicha bank stavkalari oshadi. Pul sarflash va kredit olishdan ko‘ra omonat ochish va jamg‘arish foydaliroq bo‘ladi. Shuning uchun tovarlar va xizmatlarga talab kamayadi, narxlar sekinroq ko‘tarila boshlaydi va inflyatsiya sekinlashadi.
Markaziy bank ushbu chorani Rossiya iqtisodiyotida bugungi kunda mavjud vaziyat taqizo etayotgani bilan izohladi. Xususan, ichki talab taklifga qaraganda tezroq o‘simoqda, ish haqi ham mehnat unumdorligiga qaraganda tezroq o‘smoqda, umuman Rossiya iqtisodiyoti muvozanatsiz o‘sib bormoqda. Shu sababli inflyatsiya bosimi yuqoriligicha qolmoqda - yil oxirida inflyatsiya, iyul oyidagi prognozdan 6,5–7% oshib ketishi mumkin, - deyiladi xabarda.
2023 yil oxiridan boshlab Markaziy bank asosiy stavkani yillik 16 foiz darajasida ushlab turdi, biroq iyul oyida inflyatsiyaning tezlashishi, kreditlash stavkalarining tez sur’atlari va inflyatsiya kutilmalarining oshishi fonida oshirdi. Keyin regulyator stavkani 18 foizgacha oshirdi.