O‘zbekiston va Qatar qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPustaya auditoriya
Pustaya auditoriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qatar OTMlari o‘rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimlari imzolandi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari vakillaridan iborat delegatsiya Qatardagi Ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuniga bag‘ishlangan yuqori darajadagi davra suhbatida ishtirok etdi.
Tadbirda yuzdan ortiq xalqaro delegatlar, jumladan, Tojikiston, Braziliya, Malayziya, Janubiy Afrika, Yaman, Kipr, Bosniya va Gersegovina, Falastin, shuningdek, BMT vakillari ham qatnashdi.
“Qatar ta’lim va oliy ta’lim vaziri Busaina bint Ali Al Jabr Al Nuaymi bilan kechgan uchrashuvda universitetlararo hamkorlikni kengaytirish, ushbu mamlakatning yetakchi universitetlarida o‘zbekistonlik talabalarni tahsil olish uchun ajratiladigan ta’lim grantlari sonini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Ilmiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish, ekologiya, suvni tejash, cho‘llanishga qarshi kurashish kabi dolzarb yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy loyiha va ishlanmalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston universitetlari rahbarlarining Qatar oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Hamad bin Xalifa universiteti, Lusayl universiteti, Doxa fan va texnologiya universiteti prezidentlari bilan muzokaralar tashkil etildi.
Muzokaralar natijasida quyidagilar bilan kelishuvlarga erishildi:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bilan Hamad bin Xalifa universiteti;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Lusayl universiteti;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Doxa fan va texnologiya universiteti;
Kelishuvga ko‘ra, ta’lim dargohlari o‘rtasida akademik almashinuv va ikki tomonlama diplom berish dasturlarini hayotga tatbiq etiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qatar "Ta’lim hammadan ustun" jamg‘armasi o‘rtasida qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva: afg‘onistonlik ayollarni kasblarga o‘qitishni davom ettirishga tayyormiz
Yangiliklar lentasi
0