“Qorasuv” va “Uchqurg‘on” chegara postlari ochildi — foto

© Tamojenniy komitet respubliki UzbekistanNa uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP "Karasu"
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP Karasu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2024
Obuna bo‘lish
“Qorasuv” chegara bojxona posti 15-yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini tikladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Andijon viloyatining Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 15-yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘z faoliyatini qayta tikladi, deya xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.
“Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, bu yerda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
© Tamojenniy komitet respubliki UzbekistanNa uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP "Karasu"
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP Karasu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2024
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP "Karasu"
Endilikda bu yerda kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin.
Post orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishadi. Postda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tezkor va samarali amalga oshirish uchun barcha sharoitlar nazarda tutilgan.
Postning ochilishi qo‘shni davlat fuqarolari uchun ham bir qator qulayliklarni yuzaga keltiradi. Jumladan, Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidan Jalolobod viloyatiga o‘tish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib o‘tilgan bo‘lsa, endi ushbu masofa 101 km ga qisqarib, O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlanish kifoya.
© Tamojenniy komitet respubliki UzbekistanNa uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP "Karasu"
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP Karasu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2024
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP "Karasu"
Shuningdek, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Bo‘ston mahallasidagi “Uchqurg‘on” chegara bojxona posti ochildi.
Bojxona postining o‘tkazkuvchanlik salohiyati yuqori, ya’ni bir kunda o‘rtacha 10 ming nafar fuqaro bemalol harakatlanishi mumkin. Post orqali 500 tadan ortiq yukli hamda 300 dan ortiq yengil avtotransport vositalari harakatlanishi kutilmoqda.
© Tamojenniy komitet respubliki UzbekistanNa uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP "Karasu"
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP Karasu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2024
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse spustya 15 let otkrilsya KPP "Karasu"

“O‘zbekiston Respublikasining “Uchqo‘rg‘on-avtoyo‘l” va Qirg‘iz Respublikasining “Kensay-avtoyo‘l" nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatining qaytadan yo‘lga qo‘yilishi nafaqat Namangan va qo‘shni davlatning Jalolobod viloyatlari aholisi farovonligini oshirishga hissa qo‘shishi, balki butun Farg‘ona vodiysida tashqi savdo yuklari harakatida yangi davrni boshlab beradi. Faqatgina shu emas, mazkur yangilik nafaqat O‘zbekiston balki mintaqada turizm imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki aynan ushbu post mamlakatimizga tashrif buyurgan turistlarning Qirg‘iziston hamda Xitoyga o‘tib qaytishlari va tranzit o‘tishlari uchun eng qisqa va qulay hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

“Uchqo‘rg‘on” chegara-bojxona posti geografik jihatdan bevosita Qirg‘iz Respublikasining “O‘sh-Bishkek” dovon avto yo‘liga yaqin hisoblanadi.
Xorijiy va milliy tashuvchilar eng qisqa va qulay yo‘nalish orqali vodiy viloyatlaridan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarining nafaqat chegaradosh, balki xorijiy davlatlarga eksporti yanada tezlashadi.
Shuningdek, Tojikistonning Xo‘jand viloyatidan Rossiya, Xitoy hamda Qirg‘iziston davlatlariga olib o‘tiladigan tranzit yuklar ham “Uchqo‘rg‘on” chegara posti orqali harakatlanishi natijasida Andijon viloyati “Do‘stlik” chegara postidagi transport oqimi 30-40 foizga kamayishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0