Bokuda o‘zbek allomalarining qadimiy qo‘lozmalari aniqlandi

© Xokimiyat Namanganskoy oblastiV Namangane naydeni redkiy mech XI i XIV vekov, baktriyskie i kitayskie moneti, a takje redkaya kniga, napisannaya Abu Nasrom Farabi.
V Namangane naydeni redkiy mech XI i XIV vekov, baktriyskie i kitayskie moneti, a takje redkaya kniga, napisannaya Abu Nasrom Farabi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik mutaxassislar Abdurahmon Jomiy, Nasiriddin Tusiy, Burhoniddin Zarnujiy, Davlatshoh Samarqandiy va Sadr Sharia Buxoriyga tegishli asar nusxalarini aniqlashdi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Madaniy meros agentligi xodimlari Bokuda saqlanayotgan O‘zbekistonga oid qo‘lozmalarni o‘rganishdi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

“Madaniy meros agentligining Badiiy ekspertiza boshqarmasi mutaxassislari Bokuda ilmiy xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Mutaxassislar Ozarbayjon Milliy akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi qo‘lozmalar instituti fondida saqlanayotgan o‘zbekistonlik mutafakkir va allomalarning qalamiga mansub ko‘plab asarlar bilan tanishish va ma’lumotlarni yig‘ishga erishdi”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, ushbu institut fondidagi arab, fors, ozarbayjon, turk va o‘zbek tillarida yozilgan 11 mingtadan ortiq qo‘lozma saqlanmoqda. Ular orasida Alisher Navoiy asarlarining 70 tadan ortiq soni mavjud.
Fondda quyidagi mualliflarga tegishli asar nusxalari aniqlandi:
Abdurahmon Jomiy – 40 ta;
Nasiriddin Tusiy – 20 ta;
Burhoniddin Zarnujiy – 25 dan ortiq;
Davlatshoh Samarqandiy – 15 ta;
Sadr Sharia Buxoriy – 14 ta.

“Izlanishlar natijasida Asiruddin Axsikatiy, Hofiz Tanish Buxoriy, Ismat Buxoriy, Badruddin Chochiy, Jaloluddin Davoniy, Sayyid Sharif Jurjoniy, Voiz Koshifiy, Najmuddin Kubro, Mirxond, Ali Qushchi, Abu Lays Samarqandiy, Farhod Samarqandiy, Mas’ud ibn Umar at-Taftazoniy, Xondamir, Sharofuddin Ali Yazdiy kabi qariyb 35 allomalarning 300 tadan ortiq qo‘lozma asarlari nusxalari haqidagi dastlabki ma’lumotlar to‘plandi”, — deyiladi xabarda.

Asarlar nusxalariga oid jamlangan dastlabki ilmiy tavsiflar o‘z ichiga: asar muallifi, asarning nomi, xat turi, ko‘chirilgan vaqti, asar hajmi kabi ma’lumotlarni qamrab oladi.
Qayd etilishicha, yuqoridagi dastlabki ma’lumotlarning ilmiy tadqiqoti yakunlangach, asarlarga oid qisqacha ilmiy tavsiflar tuziladi. Ularni “O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lozma asarlar reyestri”ning navbatdagi 4 va 5-jildlariga kiritish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0