https://oz.sputniknews.uz/20240911/trikotaj-moda-samarqand-tekstil-konferentsiya-45594694.html
Trikotaj va moda namoyishlari: Samarqandda tekstil konferensiyasi qanday o‘tdi
Trikotaj va moda namoyishlari: Samarqandda tekstil konferensiyasi qanday o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir doirasida o‘zbek paxtasidan tayyorlangan tekstil mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Bu yerda ip, mato, trikotaj to‘qimalari, to‘qilmagan matolar... 11.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-11T15:28+0500
2024-09-11T15:28+0500
2024-09-11T15:28+0500
o‘zbekiston
samarqand
tekstil
to‘qimachilik
xalqaro konferensiya
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45579901_404:0:3661:1832_1920x0_80_0_0_43d286c1234d4126846d8fbbf3c776bc.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Ko‘p yillik boykotdan keyin O‘zbekiston ilk bor har yillik xalqaro tekstil konferensiyasini o‘tkazdi (ITMF va IAF). Uni o‘tkazishga Turkiya, Misr, Indoneziya va hatto AQSh da’vogarlik qilgan edi. Ammo u Samarqandda o‘tkazildi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.“Silk Road Samarkand” turistik majmuasida 500 nafardan ziyod soha mutaxassislari, eng yirik xalqaro tekstil kompaniyalari, brendlar, moliyaviy institutlar va chakana savdo vakillari yig‘ildi. Uchrashuvning maqsadi ikki tekstil giganti — ITMF Annual Conference va IAF World Fashion Convention (Xalqaro tekstil ishlab chiqaruvchilar federatsiyasining har yillik konferensiyasi va Xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining Moda konvensiyasi) qo‘shma konferensiyasida ishtirok etishdir.Ushbu tadbirga O‘zbekiston jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Kongress-xolda O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan tekstil mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Bu yerda hamma narsa bor: ip, mato, trikotaj to‘qimalari, to‘qilmagan matolar, gilamlar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari, uy to‘qimachiligi va yana ko‘plab mahsulotlar.Plenar yig‘ilishlar orasida xorijiy ishtirokchilarga yetakchi o‘zbek brendlarining kiyim-kechak modasi namoyishi tashkil etildi. Buning hammasi va yana boshqa narsalar o‘zbek tekstil sanoatining qisqa vaqt ichida jahon miqyosida raqobatbardosh bo‘lganligini ko‘rsatmoqda.O‘zbekistonda bu soha rivojlanishi haqida “Buxoro agroklaster” MChJ bosh direktor o‘rinbosari Rinat Gulyayev ham o‘z fikrini bildirdi.Konferensiya davomida ishtirokchilar industriyaning dolzarb masalalari va muammolarini, masalan, sun’iy intellekt ta’siri, ishlab chiqarishlarni raqamlashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Masalan, Xitoyning tekstil kompaniyalaridan birining vakili Chen I Xuang tekstil biznesiga sun’iy intellektni joriy qilish haqida so‘zladi.Konferensiya yakunlangach, Samarqandda ITMF Awards va ITMF Start-up Award mukofotlarining sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, ular tekstil sanoatidagi eng yaxshi yutuqlar va innovatsiyalar uchun taqdirlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45579901_811:0:3254:1832_1920x0_80_0_0_98531853480dbc33e392350d0205cee9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, samarqand, tekstil, to‘qimachilik, xalqaro konferensiya, ko‘rgazma
o‘zbekiston, samarqand, tekstil, to‘qimachilik, xalqaro konferensiya, ko‘rgazma
Trikotaj va moda namoyishlari: Samarqandda tekstil konferensiyasi qanday o‘tdi
Eksklyuziv
Tadbir doirasida o‘zbek paxtasidan tayyorlangan tekstil mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Bu yerda ip, mato, trikotaj to‘qimalari, to‘qilmagan matolar, gilamlar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari namoyish etildi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Ko‘p yillik boykotdan keyin O‘zbekiston ilk bor har yillik xalqaro tekstil konferensiyasini o‘tkazdi (ITMF va IAF). Uni o‘tkazishga Turkiya, Misr, Indoneziya va hatto AQSh da’vogarlik qilgan edi. Ammo u Samarqandda o‘tkazildi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Silk Road Samarkand” turistik majmuasida 500 nafardan ziyod soha mutaxassislari, eng yirik xalqaro tekstil kompaniyalari, brendlar, moliyaviy institutlar va chakana savdo vakillari yig‘ildi. Uchrashuvning maqsadi ikki tekstil giganti — ITMF Annual Conference va IAF World Fashion Convention (Xalqaro tekstil ishlab chiqaruvchilar federatsiyasining har yillik konferensiyasi va Xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining Moda konvensiyasi) qo‘shma konferensiyasida ishtirok etishdir.
Ushbu tadbirga O‘zbekiston jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Kongress-xolda O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan tekstil mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Bu yerda hamma narsa bor: ip, mato, trikotaj to‘qimalari, to‘qilmagan matolar, gilamlar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari, uy to‘qimachiligi va yana ko‘plab mahsulotlar.
Plenar yig‘ilishlar orasida xorijiy ishtirokchilarga yetakchi o‘zbek brendlarining kiyim-kechak modasi namoyishi tashkil etildi. Buning hammasi va yana boshqa narsalar o‘zbek tekstil sanoatining qisqa vaqt ichida jahon miqyosida raqobatbardosh bo‘lganligini ko‘rsatmoqda.
“O‘tgan yilda mamlakatning tekstil mahsulotlari 80 tadan ortiq davlatga taxminan 4 milliard dollar miqdorida eksport qilindi. Keyingi ikki yil ichida eksport hajmini 6,5 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz”, — deb ta’kidladi "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Mirmuhsin Sultonov o‘z chiqishida.
O‘zbekistonda bu soha rivojlanishi haqida “Buxoro agroklaster” MChJ bosh direktor o‘rinbosari Rinat Gulyayev ham o‘z fikrini bildirdi.
“So‘nggi yillarda mamlakatning tekstil sanoati sezilarli darajada o‘zgardi. Ilgari paxta yetishtirib, uni eksport qilgan bo‘lsak, bugungi kunda xomashoni chuqur qayta ishlash bilan o‘zimiz shug‘ullanyapmiz: djenering, ip ishlab chiqarish, to‘qimachilik, trikotaj to‘qimasini tayyorlash va tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha yetib borapmiz. Qisqasi, maksimal foyda olishga harakat qilyapmiz. Bizning klasterimiz taxminan 70 ming gektarga ega, shu jumladan, 40 ming gektar paxta yetishtirishga ajratilgan. Guruhda 38 ta turli yo‘nalishdagi korxona faoliyat yuritadi, ularning barchasi chet el kapitali, ammo bizda chet el konsultantlari, har xil darajadagi mutaxassislar bor, ular ishlab chiqarishni tashkil qilish, marketingni yaxshilashga yordam berishadi. Eksport hajmi hozircha yiliga 20-25 million dollarni tashkil qiladi. Asosan Turkiya, Rossiya va Xitoyga tayyor mahsulot va ip eksport qilamiz”, — deb ta’kidladi Rinat Gulyayev.
Konferensiya davomida ishtirokchilar industriyaning dolzarb masalalari va muammolarini, masalan, sun’iy intellekt ta’siri, ishlab chiqarishlarni raqamlashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Masalan, Xitoyning tekstil kompaniyalaridan birining vakili Chen I Xuang tekstil biznesiga sun’iy intellektni joriy qilish haqida so‘zladi.
“Sun’iy intellektni tekstil sanoatining turli sohalarida qo‘llaymiz: rang tanlash, obrazlarni aniqlash, kiyim ishlab chiqarish, jarayonlarni optimallashtirish, ta’minot zanjirlarini boshqarish. Sun’iy intellekt shuningdek nuqsonlarni aniqlash, shakllarni tekshirish va boshqa ko‘plab ishlarni bajaradi”, — dedi u.
Konferensiya yakunlangach, Samarqandda ITMF Awards va ITMF Start-up Award mukofotlarining sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, ular tekstil sanoatidagi eng yaxshi yutuqlar va innovatsiyalar uchun taqdirlandi.