O‘zbekistonlik yoshlarning Rossiya iqtisodiyotini tushunishi biz uchun ham muhim — Reshetnikov

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, arxiv surat.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tayyorlanayotgan yangi kelishuvlarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida aniq loyihalar ro‘yxati, olib tashlanadigan to‘siqlar, ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan yangi kelishuvlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Rossiya Federatsiyasi hukumati delegatsiyasi tarkibida Toshkentga keldi. U OAV vakillariga intervyu berar ekan, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ikkinchi muhim savdo hamkori hisoblanishini aytdi.
Tovar aylanmasi doimiy ravishda o‘sib bormoqda – joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra 9% ga oshgan.

“Biroq mamlakatlarimiz prezidentlari ulkan vazifani belgilagan: 2030-yilgacha tovar aylanmasi hajmini uch baravar oshirish va uni 30 mlrd dollarga yetkazish. Bu, albatta, katta g‘ayratni talab qiladigan ulkan vazifadir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) bilan birgalikda bu ko‘rsatkichlarga qanday erishish mumkinligi bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Buning uchun butun mahsulot nomenklaturasini tahlil qildik, o‘sib borayotgan iqtisodlarimiz bir-birining mahsulotini qayerda ko‘proq iste’mol qilishga tayyorligini ko‘rib chiqdik. Hammasini tizimlashtirdik va ulkan rejalar tuzdik. Ular uchun aniq loyihalar ro‘yxatini, olib tashlanadigan to‘siqlar, ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan yangi kelishuvlar tayyorlayapmiz”, — dedi Maksim Reshetnikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi hozir hukumat darajasida samarali faoliyat yurituvchi hukumatlararo komissiyasi amalga oshiradigan va nazorat qiladigan faoliyat asosi bo‘lgan rejaga aylantirilmoqda. Barchasi hukumat rahbarlarining nazoratida. Rossiya prezidentiga hamkorlik qanday ketayotgani haqida muntazam hisobot berib turilibdi.
“Bunday jiddiy vazifalarni tashqi iqtisodiy faoliyat, savdo, hisob-kitoblar, logistika sohasida malakali mutaxassislarsiz hal qilib bo‘lmasligini tushunamiz”, — deya o‘z so‘zida davom etdi Reshetnikov.
Shu bois ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik nihoyatda muhim.

“Biz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston ISSV bilan hamkorlikda loyiha yaratishga kelishib oldik. Birinchidan, biz bu yerda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filialini ochishga harakat qilmoqdamiz. Mazkur akademiya mamlakatimizda bakalavriat darajasida tashqi savdo bo‘yicha mutaxassislarni, lekin asosan magistrlarni tayyorlaydi, bu kasbiy qo‘shimcha tayyorlash va qayta tayyorlashdir. Xuddi shunday yo‘nalish bilan Toshkentda ham harakat qilishga kelishib oldik. Ikkinchi katta loyihamiz – biz bu yerda TDIU bilan birgalikda Ekspert markazini ochdik, u yerda O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiyoti manfaatlari ko‘zlangan tadqiqot ishlarini birgalikda moliyalashtiramiz”, — deya aniqlik kiritdi Reshetnikov.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturlari yuzasidan brifing — video
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda 4 ta tadqiqot yo‘nalishi bor: bular energetika va kelajakdagi energiya balansi, suvdan foydalanish masalalari.

“Bu O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qanchalik muhim ekanini tushunamiz, shuningdek, savdoni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar. Men aytgan raqamlar ham, reja ham mutaxassislar tomonidan, jumladan, bizning markaz tomonidan tayyorlangan”, — deya tushuntirdi Rossiya vaziri.

To‘rtinchi yo‘nalish rivojlanish institutlariga tegishli.
“Rivojlanayotgan iqtisodiyotda, aytaylik, yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kapital yetishmasligi sharoitida davlat xususiy biznesni rivojlantirishga qanday yordam berishi mumkin. Bu borada Rossiya iqtisodiyoti katta tajribaga ega va biz buni o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan baham ko‘rishdan mamnunmiz”, — dedi u.
Vazirning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik yoshlarning Rossiyaga kelishi, o‘qishi, Rossiya iqtisodiyotida nimalar bo‘layotganini tushunishi, amaliyot o‘tashi Federatsiya uchun ham nihoyatda muhim.

“Biz kompaniya va vazirliklarimizda Rossiya iqtisodiyoti qanday rivojlanayotganini aytib berishga tayyormiz. Chunki kelajak yoshlar qo‘lida. Shuning uchun bunga sarmoya kiritish juda muhimdir”, — deya qo‘shimcha Reshetnikov.

Energetika va ko‘mir qazib olish: O‘zbekiston va Rossiya yangi loyihalar ustida ish boshlaydi
Yangiliklar lentasi
0