O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi qanday o‘tdi?

© Press-slujba Pravitelstva RossiiV Tashkente proshlo zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv RF i RUz
V Tashkente proshlo zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv RF i RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2024
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov va Mixail Mishustin raisligida o‘tgan yig‘ilishda strategik sheriklik hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarining bugungi holati, istiqbollari muhokama etildi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida qo‘shma kommunike qabul qilindi hamda bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin raisligida o‘tgan yig‘ilishda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarining bugungi holati, istiqbollari muhokama etildi.
© Press-slujba Pravitelstva RossiiV Tashkente proshlo zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv RF i RUz
V Tashkente proshlo zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv RF i RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2024
V Tashkente proshlo zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv RF i RUz
Imzolangan hujjatlar:
“Agroekspress” tezlashtirilgan temir yo‘l tashishlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
Tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun dori vositalarining yorliq kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish maqsadida axborot o‘zaro ta’siri to‘g‘risida bitim;
Tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi bayonnoma.
"Keyingi yetti yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 baravar ko‘paydi. Joriy yilning yetti oyida esa tovar ayirboshlash hajmi yana 30 foizga oshgan. Majlisda davlatlarimiz rahbarlari tomonidan hukumatlar zimmasiga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 30 millard dollargacha yetkazish vazifasi qo‘yilgani, bunga erishish uchun hamkorlik loyihalarini izchil amalga oshirish hamda import o‘rnini bosish bo‘yicha aniq qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi alohida qayd etildi", — deyiladi xabarda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda uch mingdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. O‘z navbatida Rossiyada ham o‘zbek kapitali ishtirokida ko‘plab tadbirkorlik subyektlari ishlamoqda. Metallurgiya, energetika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari yo‘lga qo‘yilgan.
© Press-slujba Pravitelstva RossiiV Tashkente proshlo zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv RF i RUz
V Tashkente proshlo zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv RF i RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2024
V Tashkente proshlo zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv RF i RUz
"Boshqa sohalarni ham rivojlantirishni taklif qilamiz. Yuqori texnologiyali polimer ishlab chiqarishni tashkil etish, fuqarolik uchuvchisiz samolyotlar tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz", — dedi Rossiya hukumati raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda temir yo‘l mashinasozligi sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha fundamental qaror qabul qilindi.
"O‘zbekistonning Yevroosiyo integratsiyasidagi ishtiroki yangi bozorlarni ochish va adolatli raqobat uchun sharoit yaratish orqali biznes uchun qo‘shimcha imtiyozlar berishi mumkin", — deya qayd etdi Mishustin.
Transport-tranzit yo‘nalishi o‘zaro hamkorlikning yana bir muhim tarmoqlaridan biridir. Mamlakatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar soni haftasiga qariyb 300 taga yetdi. Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish esa to‘laligicha tiklandi.

"Bu boradagi muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar, Rossiyada O‘zbekiston Turizm yilining o‘tkazilishi, ishonchim komilki, bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, 24-sentabrdan boshlab Moskva va Toshkent o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanadi", — dedi Mixail Mishustin.

Shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Madaniyat, san’at, turizm, fan, sport yo‘nalishlarida aloqa jadallashdi. Yetakchi oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot muassasalari o‘rtasida doimiy va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya yetakchi oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Majlisda istiqbolli sarmoyaviy loyihalar va savdo shartnomalarining amalga oshirilishini ta’minlash hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish rejalari ko‘rildi. Shuningdek, erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikning istiqboldagi yo‘nalishlari kelishib olindi.
V Uzbekistan pribil Predsedatel Pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2024
Mixail Mishustin Toshkentga keldi
Yangiliklar lentasi
0