Korrupsiyaga qarshi kurashishga OAV vakillari jalb qilinmoqda — Akmal Burxanov

© Strategy.uzAkmal Burxanov
Akmal Burxanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda Aksilkorrupsiya sohasidagi ilk Xalqaro media forumi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda OAV vakillarini turli aksikorrupsiya tuzilmalari faoliyatiga jalb qilinmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Aksilkorrupsiya sohasidagi ilk Xalqaro media forum davomida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Aksilkorrupsiya sohasidagi ilk Xalqaro media forumning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, bu borada global/mahalliy muammolar va yechimlarni muhokama qilishdan iborat.
Shuningdek, jamiyatda shaffoflik va hisobdorlikni oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish, so‘z erkinligi va jurnalistlar himoyasini kuchaytirish va bu borada ilg‘or xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishib, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun platforma yaratishni maqsad qilgan.
© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii respubliki UzbekistanToshkentda Aksilkorrupsiya sohasidagi ilk Xalqaro media forum bo‘lib o‘tdi.
V Tashkente vpervie sostoyalsya Mejdunarodniy media-forum po protivodeystviyu korrupsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2024
Toshkentda Aksilkorrupsiya sohasidagi ilk Xalqaro media forum bo‘lib o‘tdi.
Forumda qayd etilishicha, O‘zbekistonda so‘ngi yillarda OAV katta kuch to‘pladi, muammolarni muhokama qiladigan, takliflar bilan chiqadigan jonli maydonga aylandi. Shuning uchun O‘zbekistonning tarixiy transformatsiyalari davrida OAVning roli beqiyos.
Akmal Burxanovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar mamlakatda aksilkorrupsiya siyosatini amalga oshirishda turli yo‘nalish va usullarda o‘zlarining faol hissasini qo‘shib kelishmoqda.
“Korrupsiya muammosi ham OAVning asosiy fokusidagi mavzulardan biriga aylandi va rahbar hamda mutasaddilarni “halollik vaksinasi” bilan emlanishga majbur qilmoqda”, — deya qayd etdi u.
Uning ma’lum qilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi a’zolarining 12 foizini OAV vakillari va blogerlarni tashkil qiladi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi a’zolarining 12 foizi, hududiy korrupsiyaga qarshi kurashi kengashi a’zolarining 14 foizi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolarining 20 foizi OAV vakillari va blogerlarni tashkil qiladi”, — deya aniqlik kiritdi Burxanov.
Mahalliy jurnalistlar va blogerlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini oshirib borish maqsadida Media-maktablar tashkil etilgan.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura yoki boshqa tashkilotlar qanchalik korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lsa, vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari ham shu jarayonning asosiy ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. O‘z navbatida, matbuot xizmatlari ham o‘zlarining idorasiga oid korrupsiya elementlari to‘g‘risidagi xabarlarga o‘z vaqtida, tezkorlik bilan munosabat bildirishlari, fuqarolik jamiyati institutlari va OAVlar bilan faol hamda samarali hamkorlik qilishlarini taqozo etadi”, — dedi agentlik direktori.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi boshqarma boshlig‘i Akbar Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston "Open Data Inventory" (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 30-o‘rinni egallamoqda.
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshiriladi
U O‘zbekistonda ham davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholashga qaratilgan “Ochiqlik indeksi” joriy etilganini eslatib o‘tdi. Unga ko‘ra, indeks 84 ta baholash mezonidan iborat 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha hisoblanadi.
Mujchina kladet konvert s dengami v karman pidjaka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2024
O‘zbekistonda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarni o‘rganish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0