O‘zbekiston nufuzli tashkilotlarga tadbirlar o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqchi

© Sputnik / Aktan TemirkanovPloshad Registan v Samarkande s tremya medrese Ulugbeka, Sherdor, Tillya-Kari
Ploshad Registan v Samarkande s tremya medrese Ulugbeka, Sherdor, Tillya-Kari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston nufuzli xalqaro tashkilotlarga konferensiya, ko‘rgazma, moda namoyishlarini muntazam o‘tkazib borishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi.
Bugun Samarqandda Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (ITMF) va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi (IAF) ning yillik konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Qayd etilishicha, yangi texnologiyalar joriy etilgani natijasida paxta tolasini qayta ishlash 2017-yildagi 40 foizdan 100 foizga yetdi. Ayni vaqtda chetdan tola va xomashyo olib kelib, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi ishlar ham boshlandi.

“Sohada yaratilgan imkoniyatlar tufayli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 barobar ko‘paydi, ularning eksporti 4 karra ortdi. Eng muhimi, ilgari sohada eksportning salmoqli qismi, ya’ni 70 foizi xomashyo hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda chetga sotilayotgan tovarlarning 60 foizini tayyor mahsulotlar tashkil etmoqda”, — deya ma’lum qilgan Mirziyoyev.

Korxonalardagi ishchilar uchun xalqaro talablarga javob beradigan, munosib mehnat sharoitlari yaratilmoqda, “Better Work” va “Better Cotton” dasturlari tizimli joriy etilmoqda.

“Sohada band bo‘lgan 600 mingdan ziyod aholining mehnat huquqlarini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda”, — deyiladi tabrik matnida.

Shuningdek, to‘qimachilik sohasida milliy brendlarni yaratish, mamlakatga nufuzli xalqaro va xorijiy brendlarni jalb etish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda
“Biz xorijiy hamkorlarimizning o‘zaro manfaatli barcha tashabbuslarini yuksak baholaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Jumladan, xalqaro brendlar O‘zbekistonga kirib kelishi uchun zarur standartlarni joriy etishda har tomonlama ko‘maklashamiz. Nufuzli xalqaro tashkilotlarga konferensiya, ko‘rgazma, moda namoyishlarini yurtimizda, ayniqsa, turizm va sanoat salohiyati yuqori bo‘lgan Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Namangan, Andijon shaharlarida muntazam o‘tkazib borishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, — deya qayd etgan mamlakat yetakchisi.
Ma’lum qilinishicha, anjumanda 500 tadan ziyod milliy va xalqaro tashkilotlar, ishlab chiqaruvchilar va “riteyl” kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0