https://oz.sputniknews.uz/20240908/shimoliy-koreya-aqsh-yadro-javob-45530549.html
Shimoliy Koreya AQShning yadroviy shantajiga qanday javob berishini ma’lum qildi
Shimoliy Koreya AQShning yadroviy shantajiga qanday javob berishini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi: mamlakat AQShni to‘xtatib turish uchun yadroviy kuchlarini yaxshilaydi. 08.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-08T17:19+0500
2024-09-08T17:19+0500
2024-09-08T17:19+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
shimoliy koreya
yadro quroli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28832882_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_83c40fb5c5d3c017caf339fbb05285d2.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Shimoliy Koreya, AQShning yadroviy shantajlari fonida, Vashingtonni "eng strategik va halokatli" yadroviy to‘xtatuvchi kuchlar bilan to‘xtatib turish uchun yadroviy kuchlarini yaxshilaydi. Bu haqda KXDR TIV axborot departamenti xorijiy axborot bo‘limi boshlig‘ining Markaziy telegraf agentligida (STAK) e’lon qilingan bayonotida keltirilgan, deb yozmoqda RIA Novosti.Bayonot “AQSh bilan uzoq muddatli yadroviy qarama-qarshilikka javoban amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirmoqdamiz” sarlavhasi ostida chop etildi. Unda ta’kidlanishicha, yaqinda AQSh va Janubiy Koreya Yadro bo‘yicha maslahat guruhi yig‘ilishini o‘tkazgan va guruh doirasida shartli yadroviy mashqlar o‘tkazgan.KXDR Tashqi ishlar vazirligi “dushman kuchlar”ning bunday harakatlarini suveren davlatga qarshi yadro hujumini amalga oshirishga ochiq urinish sifatida “qattiq” qoralab, mintaqadagi strategik barqarorlikni buzayotgan va yadroviy qarama-qarshilik ehtimolini oshiruvchi “beparvo xatti-harakatlari” yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan.Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘zida AQSh boshqa suveren davlatlardan "mutlaq yadroviy ustunlikka ega bo‘lish uchun" "yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar" ga o‘zgartirishlar kiritdi, "Yaponiyani kengaytirilgan to‘xtatuvchi kuchlar bilan ta’minlash" yadroviy qurolni o‘z ichiga oluvchi Seul bilan yadroviy operatsiyalar bo‘yicha ko‘rsatmalar to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28832882_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_c7f67929aaf569d21fd9e90fbaa5ce4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, shimoliy koreya, yadro quroli
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, shimoliy koreya, yadro quroli
Shimoliy Koreya AQShning yadroviy shantajiga qanday javob berishini ma’lum qildi
Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi: mamlakat AQShni to‘xtatib turish uchun yadroviy kuchlarini yaxshilaydi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Shimoliy Koreya, AQShning yadroviy shantajlari fonida, Vashingtonni "eng strategik va halokatli" yadroviy to‘xtatuvchi kuchlar bilan to‘xtatib turish uchun yadroviy kuchlarini yaxshilaydi. Bu haqda KXDR TIV axborot departamenti xorijiy axborot bo‘limi boshlig‘ining Markaziy telegraf agentligida (STAK) e’lon qilingan bayonotida keltirilgan, deb yozmoqda
RIA Novosti. Bayonot “AQSh bilan uzoq muddatli yadroviy qarama-qarshilikka javoban amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirmoqdamiz” sarlavhasi ostida chop etildi. Unda ta’kidlanishicha, yaqinda AQSh va Janubiy Koreya Yadro bo‘yicha maslahat guruhi yig‘ilishini o‘tkazgan va guruh doirasida shartli yadroviy mashqlar o‘tkazgan.
KXDR Tashqi ishlar vazirligi “dushman kuchlar”ning bunday harakatlarini suveren davlatga qarshi yadro hujumini amalga oshirishga ochiq urinish sifatida “qattiq” qoralab, mintaqadagi strategik barqarorlikni buzayotgan va yadroviy qarama-qarshilik ehtimolini oshiruvchi “beparvo xatti-harakatlari” yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan.
“Bugungi kunda Koreya yarim oroli va mintaqada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga muhim sabab – bu o‘z satellitlari bilan harbiy til biriktirishni kuchaytirayotgan, yadroviy qarama-qarshilik dasturlarini birin-ketin yasayotgan va suveren davlatlarga yadroviy tahdidni kuchaytirayotgan Qo‘shma Shtatlardir”, — deydi Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘zida AQSh boshqa suveren davlatlardan "mutlaq yadroviy ustunlikka ega bo‘lish uchun" "yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar" ga o‘zgartirishlar kiritdi, "Yaponiyani kengaytirilgan to‘xtatuvchi kuchlar bilan ta’minlash" yadroviy qurolni o‘z ichiga oluvchi Seul bilan yadroviy operatsiyalar bo‘yicha ko‘rsatmalar to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.