Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilishida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana pribil v Astanu
Prezident Uzbekistana pribil v Astanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 8-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilishida ishtirok etadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 8-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
"Qozog‘iston poytaxtida davlatimiz rahbari beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – YuNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.
Ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bugun Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Keng ko‘lamli turnir doirasida yakkakurashlarning milliy turlari, kamondan otish, an’anaviy intellektual va xalq o‘yinlari, ot sporti musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqada 89 davlat ishtirok etishini tasdiqladi va 2,5 mingdan ortiq sportchi kelishi kutilmoqda. Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining umumiy mukofot jamg‘armasi 253 million tengeni (526,4 ming dollar) tashkil etadi. Miqdorlar har bir tur uchun individualdir.
Festival Etnosporta v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2024
O‘zbekiston 2026-yilda Ko‘chmanchilar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0