https://oz.sputniknews.uz/20240907/jsst-vabo-olim-korsatkichi-45527055.html
JSST: Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 71 foizga oshdi
JSST: Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 71 foizga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
2023 yili dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 2022-yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vabo epidemiyasi bo‘yicha yangi hisobotini e’lon qildi.
2024-09-07T17:33+0500
2024-09-07T17:33+0500
2024-09-09T09:21+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
jsst
vabo
kasallik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22529450_0:174:3023:1874_1920x0_80_0_0_09f9185e195faaf9a910e09006deea48.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2023-yili dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 2022-yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vabo epidemiyasi bo‘yicha yangi hisobotini e’lon qildi.Hisobotga ko‘ra, joriy yilda ham epidemiologik vaziyat murakkab. Xususan, 2024-yil boshidan buyon 342 mingdan ortiq bemorda ushbu infeksiya aniqlangan, ulardan 2,4 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. 22 mamlakatda kasallik avj olishi kuzatilgan.Jumladan, iyul-avgust oylari oralig‘ida Sudanda qariyb 2,7 ming kishiga vabo tashxisi qo‘yildi. Ulardan 120 nafarining hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi.Mas’ullar epidemiyaning yangi to‘lqinini jilovlasa bo‘ladi, degan xulosada. Buning uchun kasallikka qarshi vaksinalar ishlab chiqarish hajmini oshirish zarur. Chunki o‘tgan yili qariyb 36 million doza emlash vositalari ishlab chiqarilgan, biroq bu mavjud ehtiyojning atigi 50 foizini qoplaydi.Qolaversa, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yagona barqaror yechimi bo‘lib qolmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20231004/vabo-ozbekiston-39593133.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22529450_145:0:2876:2048_1920x0_80_0_0_5f4686821f7668732200af4805b554ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jsst vabo
JSST: Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 71 foizga oshdi
17:33 07.09.2024 (yangilandi: 09:21 09.09.2024) Hisobotga ko‘ra, joriy yilda ham epidemiologik vaziyat murakkab.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2023-yili dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 2022-yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vabo epidemiyasi bo‘yicha yangi hisobotini
e’lon qildi. “O‘tgan yili vabodan 4000 kishi vafot etdi. Iqlim o‘zgarishi, ba’zi mintaqalarda ichimlik suvi tanqisligi, qashshoqlik, sanitariya sharoitlari yetishmasligi, urush va harbiy to‘qnashuvlar xastalik kuchayishiga sabab bo‘ldi”, — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.
Hisobotga ko‘ra, joriy yilda ham epidemiologik vaziyat murakkab. Xususan, 2024-yil boshidan buyon 342 mingdan ortiq bemorda ushbu infeksiya aniqlangan, ulardan 2,4 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. 22 mamlakatda kasallik avj olishi kuzatilgan.
Jumladan, iyul-avgust oylari oralig‘ida Sudanda qariyb 2,7 ming kishiga vabo tashxisi qo‘yildi. Ulardan 120 nafarining hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi.
JSSTning vabo bo‘yicha texnik rahbari Filipp Barboza fikricha, kasallik qurbonlari soni rasmiy statistikadan ancha yuqori. Aslida uni har yili taxminan 2 millionga yaqin kishi yuqtirib, 100 ming nafari hayotdan ko‘z yumayotgan bo‘lishi mumkin.
Mas’ullar epidemiyaning yangi to‘lqinini jilovlasa bo‘ladi, degan xulosada. Buning uchun kasallikka qarshi vaksinalar ishlab chiqarish hajmini oshirish zarur. Chunki o‘tgan yili qariyb 36 million doza emlash vositalari ishlab chiqarilgan, biroq bu mavjud ehtiyojning atigi 50 foizini qoplaydi.
Qolaversa, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yagona barqaror yechimi bo‘lib qolmoqda.