https://oz.sputniknews.uz/20240906/garb-ukraina-mojarosi-orqali-ozining-asosiy-maqsadiga-erishmoqchi--razvedkachi-45517046.html
G‘arb Ukraina mojarosi orqali o‘zining asosiy maqsadiga erishmoqchi — razvedkachi
G‘arb Ukraina mojarosi orqali o‘zining asosiy maqsadiga erishmoqchi — razvedkachi
Sputnik O‘zbekiston
G‘arbning asosiy maqsadi — Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish, uni parchalab boyliklariga egalik qilish. 06.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-06T16:55+0500
2024-09-06T16:55+0500
2024-09-06T16:58+0500
g‘arb
aqsh
yevropa
rossiya
razvedka xizmati
tahlil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/06/45517154_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0551811883b3cb3d33127e46cad19f77.jpg
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. G‘arb Kiyev rejimi qo‘li orqali Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratmoqchi, dedi iste’fodagi amerikalik razvedkachi Skott Ritter Youtube dagi "Reporterfy Media & Travel" kanaliga bergan intervyusida.Uning ta’kidlashicha, bunday rejani amalga oshirish nihoyatda qiyin, chunki Rossiya yadro arsenaliga ega va hech qachon strategik jihatdan mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.Sobiq razvedkachiga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish siyosati barbod bo‘lgan va bu mojaroda haqiqiy mag‘lub bo‘lgan yagona tomon Kiyevning o‘zi bo‘ladi.“Mojaro yakunida ularda Odessa, Xarkov, <...> Kiyev, <...> shaharlari bo‘lmasligi mumkin, ularda hatto o‘z millati bo‘lmasligi mumkin" — deya bashorat qiladi ekspert. Prezident Vladimir Putin G‘arbning Rossiyani mag‘lub etish, parchalash va talon-taroj qilish rejalariga bir necha bor ishora qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularga aholisi juda ko‘p bo‘lgan bunday katta mamlakat kerak emas edi. Davlat rahbari “ular hech qachon buni uddalay olmaydilar”, deb ta’kidlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20240905/sharq-iqtisod-forum-vladimir-putin-45501927.html
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/06/45517154_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_dd07c145011cace4d47d1f406afddaed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
g‘arb, aqsh, yevropa, rossiya, razvedka xizmati, tahlil
g‘arb, aqsh, yevropa, rossiya, razvedka xizmati, tahlil
G‘arb Ukraina mojarosi orqali o‘zining asosiy maqsadiga erishmoqchi — razvedkachi
16:55 06.09.2024 (yangilandi: 16:58 06.09.2024) G‘arbning asosiy maqsadi — Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish, uni parchalab boyliklariga egalik qilish.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. G‘arb Kiyev rejimi qo‘li orqali Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratmoqchi, dedi iste’fodagi amerikalik razvedkachi Skott Ritter Youtube dagi "Reporterfy Media & Travel" kanaliga bergan intervyusida.
"G‘arb — AQSh va Yevropa o‘zlarining asosiy maqsadlari — Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishni Ukraina mojarosi bilan bog‘ladilar. Ular Ukraina mojarosi orqali buni amalga oshirishni umid qilmoqdalar", - dedi razvedkachi.
Uning ta’kidlashicha, bunday rejani amalga oshirish nihoyatda qiyin, chunki Rossiya yadro arsenaliga ega va hech qachon strategik jihatdan mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sobiq razvedkachiga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish siyosati barbod bo‘lgan va bu mojaroda haqiqiy mag‘lub bo‘lgan yagona tomon Kiyevning o‘zi bo‘ladi.
“Mojaro yakunida ularda Odessa, Xarkov, <...> Kiyev, <...> shaharlari bo‘lmasligi mumkin, ularda hatto o‘z millati bo‘lmasligi mumkin" — deya bashorat qiladi ekspert.
Prezident Vladimir Putin G‘arbning Rossiyani mag‘lub etish, parchalash va talon-taroj qilish rejalariga bir necha bor ishora qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularga aholisi juda ko‘p bo‘lgan bunday katta mamlakat kerak emas edi. Davlat rahbari “ular hech qachon buni uddalay olmaydilar”, deb ta’kidlagan edi.