https://oz.sputniknews.uz/20240906/fuqarolarni-arxivga-yuborish-toxtatiladi--ozarxiv-45515801.html
Fuqarolarni arxivga yuborish to‘xtatiladi — O‘zarxiv
Fuqarolarni arxivga yuborish to‘xtatiladi — O‘zarxiv
Sputnik O‘zbekiston
Bundan buyon “O‘zarxiv” ma’lumotnomalarini taqdim etish davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladi. 06.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-06T14:47+0500
2024-09-06T14:47+0500
2024-09-06T15:09+0500
jamiyat
o‘zbekiston
fuqaro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/548/13/5481346_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_8b7fefd1e28adb59eadd49d07baabb5a.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Fuqaroning ish haqlari va ish stajlarini tasdiqlash uchun rasmiy xat kiritish yoki fuqarolarni arxivlarga yuborishi hollariga barham beriladi. Bu haqida AOKAda "O‘zarxiv" agentligi ma’lum qildi.Shu jumladan, pensiya tayinlashda axborot tizimlarida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona portalda (arm.gov.uz) ochilgan shaxsiy kabinet orqali Idoralararo integratsiyalashgan platforma yordamida yo‘llagan so‘rovi asosida “my.archive.uz” dasturi orqali QR-kodli arxiv ma’lumotnomalari elektron shaklida taqdim etiladi. Bunda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan so‘rovlar mustasno.Ma’lumot uchun, 2024-yilning 1-yarimida "O‘zarxiv" tizimidagi arxivlar tomonidan fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy mazmundagi 250 mingtadan ziyod so‘rovi ijrosi ta’minlangan. Shundan faqat 20 foizi fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaati asosida amalga oshirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/548/13/5481346_300:0:1200:675_1920x0_80_0_0_f77227df23c5a9acb21409a64afd48df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, fuqaro
jamiyat, o‘zbekiston, fuqaro
Fuqarolarni arxivga yuborish to‘xtatiladi — O‘zarxiv
14:47 06.09.2024 (yangilandi: 15:09 06.09.2024) Bundan buyon “O‘zarxiv” ma’lumotnomalarini taqdim etish davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Fuqaroning ish haqlari va ish stajlarini tasdiqlash uchun rasmiy xat kiritish yoki fuqarolarni arxivlarga yuborishi hollariga barham beriladi. Bu haqida AOKAda "O‘zarxiv" agentligi ma’lum qildi.
“O‘zarxiv” agentligi fuqarolarning ish haqi va ish stajini hamda yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etishni qat’iy ravishda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali ko‘rsatadi.
Shu jumladan, pensiya tayinlashda axborot tizimlarida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona portalda (arm.gov.uz) ochilgan shaxsiy kabinet orqali Idoralararo integratsiyalashgan platforma yordamida yo‘llagan so‘rovi asosida “
my.archive.uz” dasturi orqali QR-kodli arxiv ma’lumotnomalari elektron shaklida taqdim etiladi.
Bunda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan so‘rovlar mustasno.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning 1-yarimida "O‘zarxiv" tizimidagi arxivlar tomonidan fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy mazmundagi 250 mingtadan ziyod so‘rovi ijrosi ta’minlangan. Shundan faqat 20 foizi fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaati asosida amalga oshirilgan.