https://oz.sputniknews.uz/20240905/shavkat-mirziyoev-toshkent-sharqiy-aeroport-45496214.html
Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroportini borib ko‘rdi — tafsilotlar
Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroportini borib ko‘rdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. 05.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-05T09:05+0500
2024-09-05T09:05+0500
2024-09-05T09:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aeroport
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/05/45496337_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d9cc8f5950c3ff76c21089a9f4dd94dc.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qayta qurilmoqda.Dastlab 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurildi. U eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. Ayni paytda yuqori martabali mehmonlar uchun hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda. Qayd etilishicha, aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.Mazkur aeroport “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Olimpiya shaharchasi bilan yonma-yon. Ushbu majmualarni va yo‘l bo‘yini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/05/45496337_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_2d38a2bbe36d0fe7aef8591787bf45a5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, aeroport, shavkat mirziyoyev
jamiyat, o‘zbekiston, aeroport, shavkat mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroportini borib ko‘rdi — tafsilotlar
Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qayta qurilmoqda.
Dastlab 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurildi. U eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. Ayni paytda yuqori martabali mehmonlar uchun hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda.
Qayd etilishicha, aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.
“Shu yerda terminallarning tashqi va ichki ko‘rinishi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari binolarning fasad qismi milliy dizaynda bo‘lishi, pardozlash va jihozlashda issiq ranglarga ko‘proq o‘rin berilishiga ahamiyat qaratdi. Yuqori martabali mehmonlarni kutib olish, uchrashuvlar o‘tkazish uchun barcha qulayliklarni inobatga olish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur aeroport “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Olimpiya shaharchasi bilan yonma-yon. Ushbu majmualarni va yo‘l bo‘yini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.