https://oz.sputniknews.uz/20240905/davlat-tibbiy-sugurta-tizim-45498881.html
Bu yil davlat tibbiy sug‘urta tizimi qaysi hududlarda joriy etilishi ma’lum bo‘ldi
Bu yil davlat tibbiy sug‘urta tizimi qaysi hududlarda joriy etilishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini boshqa hududlarda 2026-yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.
2024-09-05T12:05+0500
2024-09-05T12:05+0500
2024-09-05T12:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tibbiyot muassasi
toshkent
sirdaryo
shavkat mirziyoyev
qoraqalpog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487790_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_9fda4d1828fd672f34209d110a82551e.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini shu yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlardan yana biri – davlat tibbiy sug‘urtasi. Bu borada muayan ishlar boshlangan va tayyorgarlik ko‘rilgan. Buning uchun 2024-yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi. Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini boshqa hududlarda 2026-yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240522/tashkent-bepul-tibbiy-xizmat-dori-paket-43987392.html
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487790_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_6236eacba8a9eec632cf55fe270bd1ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi
davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi
Bu yil davlat tibbiy sug‘urta tizimi qaysi hududlarda joriy etilishi ma’lum bo‘ldi
Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini boshqa hududlarda 2026-yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini shu yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda, deya xabar berdi prezident
matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlardan yana biri – davlat tibbiy sug‘urtasi. Bu borada muayan ishlar boshlangan va tayyorgarlik ko‘rilgan.
“Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini shu yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Buning uchun 2024-yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.
“Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi. Sug‘urta doirasida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini boshqa hududlarda 2026-yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.