https://oz.sputniknews.uz/20240904/uzbekistan-russia-tovar-ayirboshlash-hajm-45484768.html
O‘zbekiston va Rossiya tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston va Rossiya tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri hamraisligida Ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2024-09-04T09:11+0500
2024-09-04T09:11+0500
2024-09-04T10:21+0500
iqtisod
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
rossiya
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
laziz qudratov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18327880_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_a19789c1ceb2cbaaee389d343d6e35e4.jpg
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi. O‘zbekiston dasturiy budjetlashtirishni Rossiya ko‘magida amalga oshiradiO‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida sanoat, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi tegishli rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Qayd etilishicha, dastur ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilab berilgan tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq maqsadga erishishga qaratilgan. Uchrashuv ishtirokchilari Toshkentda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filialini ochish va Strategik tashabbuslar ekspert markazi faoliyati bilan ham tanishishdi. Rossiya O‘zbekistonning an’anaviy yirik savdo hamkori hisoblanadi. Shu yilning 7 oyida tovar ayirboshlash hajmi 29,1 foizga o‘sib, 6,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu davrda Rossiya Federatsiyasiga 175 ta tovar pozitsiyalarida eksport hajmining o‘sishi kuzatildi. 11,3 million dollarlik 64 ta yangi tovar eksporti yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida savdo vakolatxonalarini ochadi — ekspertEslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining birinchi yig‘ilishida iyul oyida bo‘lib o‘tgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18327880_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8449e1a8b85d904dadcadd5e02f98d3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri ishchi guruh ovar ayirboshlash hajmini oshirish
o‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri ishchi guruh ovar ayirboshlash hajmini oshirish
O‘zbekiston va Rossiya tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi
09:11 04.09.2024 (yangilandi: 10:21 04.09.2024) O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri hamraisligida Ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
xabar berdi. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida sanoat, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi tegishli rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
“Ular O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma Chora-tadbirlar rejasi doirasida kelishilgan loyiha va kelishuvlarni amalga oshirishning bugungi holati to‘g‘risida ma’lumot berishdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, dastur ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilab berilgan tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq maqsadga erishishga qaratilgan.
Uchrashuv ishtirokchilari Toshkentda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filialini ochish va Strategik tashabbuslar ekspert markazi faoliyati bilan ham tanishishdi.
“Muzokaralar yakunida hamkorlikni kuchaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha birgalikda samarali choralarni ko‘rishda davom etishga tayyorlik bildirildi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Rossiya O‘zbekistonning an’anaviy yirik savdo hamkori hisoblanadi. Shu yilning 7 oyida tovar ayirboshlash hajmi 29,1 foizga o‘sib, 6,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu davrda Rossiya Federatsiyasiga 175 ta tovar pozitsiyalarida eksport hajmining o‘sishi kuzatildi. 11,3 million dollarlik 64 ta yangi tovar eksporti yo‘lga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining birinchi yig‘ilishida iyul oyida bo‘lib
o‘tgan edi.