Rossiya hech qachon Sharqdan yuz o‘girmagan — Zaxarova

© FOTO Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2024
Obuna bo‘lish
Vladivostokda Sharqiy iqtisodiy forum bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sharqiy iqtisodiy forum sessiyalaridan birida Rossiya hech qachon Sharqdan yuz o‘girmaganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Rossiyaning Sharqqa yo‘nalishini o‘zgartirish, teskari o‘zgarishlar, inqiloblar haqida ko‘p gapirishadi, lekin, albatta, unday emas", — dedi u.

"Biz hech qachon, hech qayerga yuz o‘girganimiz yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi Zaxarova Rossiya Federatsiyasining sharqiy yo‘nalishdagi eng katta chegarasini eslatib. - Qanday qilib bundan yuz o‘girish mumkin? Yana bir narsa shundaki, ba’zi tanlov variantlari yopilganda, boshqalari qo‘shimcha ravishda ochiladi".

Sharqiy iqtisodiy forum 2024-yil 3-6 sentabr kunlari Vladivostokda Uzoq Sharq federal universitetida bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0