Birinchi qo‘ng‘iroq: maktablarda yangi o‘quv yili qanday boshlandi?

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaPerviy zvonok v shkolax Uzbekistana
Perviy zvonok v shkolax Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2024
Obuna bo‘lish
Bugun maktablarning 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Bugundan O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. Respublika maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari soat 8:00 da jarangladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida o‘tkazildi.

“1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 ta turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkalari, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi”, — deyiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabarida.

Vazirlikka ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0