Afg‘onistonda terrorchilik harakati sezilarli darajada pasaygani ma’lum qilindi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishDoma v Kabule.
Doma v Kabule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2024
Obuna bo‘lish
Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 10-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Afg‘onistonda terrorchilik harakati sezilarli darajada pasaydi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar Aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada ma’lum qildi, deya xabar berdi O‘zA.
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotning (ShHT) Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) o‘ninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Abdusalom Azizov tabrik so‘zi bilan so‘zga chiqdi.
Uning qayd etishicha, ShHT va MDH makonida kechayotgan murakkab va qarama-qarshi harbiy-siyosiy jarayonlar mamlakatlardan xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashda sa’y-harakatlar va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni birlashtirishni talab etadi.

“Bu holat ShHTga a’zo davlatlar xavfsizligiga bevosita tahdid soladi. Vaziyat xalqaro terrorchilik tashkilotlari boshliqlarining davlatlarimizga qarshi o‘zlarining buzg‘unchi rejalaridan voz kechmaganliklari bilan yanada murakkablashmoqda. Afg‘oniston hukumati o‘z imkoniyatlari va resurslaridan kelib chiqib, xalqaro terrorizmga qarshi kurashmoqda, afg‘on maxsus xizmati "Islom davlati – Xuroson viloyati"ga* qarshi kurashda yetakchilik qilib, muayan natijalarga erishmoqda. Shu bois, dushmanga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak”, — dedi u.

Aytilishicha, “Xuroson viloyati”*ga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish muhim, chunki qarshi choralarni zaiflashtirish bu guruhning kuchayishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, mintaqa xavfsizligiga xavf soladi.

“Ishonchim komilki, o‘zaro ishonch, xalqaro terrorizm, ekstremizm va kibertahdidlarga qarshi kurashish sohasida muntazam axborot va tajriba almashishga asoslangan izchil va muvofiqlashgan faoliyatda birga harakat qilish yordamidagina davlatlarimizda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda samarali natijalarga erishish mumkin. Shu bois bugungi kunda xalqaro anjumanni o‘tkazish dolzarb bo‘lib, uning doirasida ishtirokchilar chaqiriqlar va xavfsizlik tahdidlarining bugungi holatini muhokama qilish, samarali qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, xalqaro va mintaqaviy darajada aksilterror hamkorligini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar, — dedi Azizov.

ShHT bosh kotibi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev o‘z so‘zida ShHT MATT forumining MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bilan birga o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaymiz, deya qayd etdi.
“Bunday yondashuv mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalasida fikr almashish va bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlik qilish uchun kelishilgan takliflar ishlab chiqish imkonini beradi”, — dedi Niyazaliyev.
Uning ta’kidlashicha, ShHT Kotibiyati BMT va uning yangi tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus muassasalari bilan yaqin hamkorlik qiladi. BMT Aksilterror boshqarmasi bilan muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
Konferensiyada ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev so‘zga chiqdi.

“Hozirgi geosiyosiy jarayonlar davlatlar, eng avvalo ShHT va MDH mamlakatlari xavfsizligi va suvereniteti uchun yangi chaqiriqlarni shakllantirmoqda, bu ayniqsa, IShID*, "Al-Qoida"* va boshqa guruhlar tomonidan terrorchilik tahdidlari yuqori darajada bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga ega, — dedi Mirzayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda, Afg‘onistonda amaldagi hukumat hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, mamlakatda hali ham faoliyat yuritayotgan terrorchilik guruhlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularni zararlantirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. Bu holat o‘z navbatida, xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurash choralarini takomillashtirishda Kobul hokimiyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish masalasining dolzarbligini oshirmoqda, bu esa nafaqat Afg‘oniston, balki qo‘shni mamlakatlar uchun ham muhimdir.
Ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlar terrorchilar va odam yollovchilarning targ‘ibot faoliyatida asosiy vosita bo‘layotganiga ham e’tibor qaratildi.
Qayd etilishicha, “Terrorchilik internatsionali”ning media faollari bu sohadagi faoliyatning shakl va usullarini takomillashtirib, uni o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashtirishmoqda, ekstremistik materiallarni tarqatishning eng yangi usullarini o‘zlashtirib, auditoriyaga ta’sir o‘tkazishda zamonaviy texnologiyalar va usullarni qo‘llamoqda.

“Bu sharoitda hozirgi tadbirning o‘tkazilishi ShHT va MDH makonida terrorizmga qarshi kurashda yagona yondashuvni ishlab chiqishni talab etuvchi xavfsizlikka tahdidlar yaxshi anglanayotganidan dalolat beradi", — deya qo‘shimcha qildi Mirzayev.

MDHga a’zo davlatlar Aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev o‘z nutqida Afg‘onistonda terrorchilik harakati sezilarli darajada pasayganini qayd etdi.
U mintaqaviy nizolar hududlaridan xalqaro terrorchilik tashkilotlar jangarilarining kirib kelishini kamaytirish maqsadida afg‘on hokimiyati vaziyatni barqarorlashtirish, terrorchilik guruhlariga qarshi kurashish, tashqi chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha faol ishlar olib borayotganini ta’kidladi.
Ayni damda, “Islom davlati – Xuroson viloyati”* guruhi tomonidan jamiyatni radikallashtirish, davlat tuzilmalariga nisbatan nafrat, shuningdek, irqlararo, millatlararo va konfessiyalararo adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan tahdidlar yuqori darajada ekani qayd etildi.
Uning tarkibida sobiq sovet davlatlari vakillarining ko‘pligi hududidan MDH va ShHT mamlakatlari maxsus xizmatlari ushbu guruh va boshqa xalqaro tashkilotlarga qarshi kurashishdagi sa’y-harakatlarini birlashtirish masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Tursunov so‘zga chiqib, mustaqil taraqqiyot yillarida dunyoning boshqa mamlakatlari kabi O‘zbekiston ham terrorizm va ekstremizmning turli shakllariga duch kelganini qayd etdi.

“Xavfsizlikning bu tahdidlariga qarshi kurashish bizga bu sohada milliy andozani shakllantirish imkonini berdi. Ayni paytda, terrorizm va ekstremizmga qarshi yondashuvimiz takomillashmoqda, biz yangi chaqiriq va tahdidlarga moslashapmiz. 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasining qabul qilinishi bu boradagi tub burilish bo‘ldi. Ushbu hujjatlarda huquqni himoya qilish tuzilmalari, hokimiyat va boshqaruv organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, xorijiy hamkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan”, - deya qayd etdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekstremistik g‘oyalarning sobiq va salohiyatli tarafdorlari bilan ijtimoiy va psixologik ishlash, ularni o‘qitish, ish bilan ta’minlash, umuman, o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday o‘zgarish va yondashuv yuksak natijalarni berib, xalqaro miqyosda e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, 2019-yildan buyon 5 ta “Mehr” gumanitar aksiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistondan 531 nafar repatriant O‘zbekistonga qaytarildi. Ularga ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordamlar ko‘rsatildi. Natijada bugungi kunda repatriantlarning 90,2 foizi zamonaviy turmush tarzini olib bormoqda, 9,8 foizi an’anaviy islom diniga e’tiqod qiladi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchi tashkilotlar
Sistema sokrasheniya bednosti i sotsialnoy zashiti budet usovershenstvovana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2024
Yoshlarimiz va mehnat migrantlari “onlayn manqurtlashtirish” qurboniga aylanmoqda — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0