Putin Mo‘g‘ulistonda qanday kutib olindi — video

Obuna bo‘lish
Suxe-Bator maydoni markazida o‘rta asrlar uslubida kiyingan faxriy qorovul va otliq askarlar saf tortishdi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ulan-Bator markaziy maydoniga yetib keldi. Suxe-Bator nomli ushbu maydonda Chingizxon haykali o‘rnatilgan, barcha davlat boshqaruv organlari idoralari joylashgan.

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Rossiya prezidentini shaxsan kutib oldi. Maydon markazida o‘rta asrlar uslubida kiyingan faxriy qorovul va otliq askarlar saf tortishdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.

Rossiya prezidentiga bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, sport vaziri Mixail Degtarov, transport vaziri Roman Starovoyt, energetika vaziri Sergey Sivilov, tabiiy resurslar vaziri Aleksandr Kozlov, Rosatom rahbari Aleksey Lixachov, Rostex rahbari Sergey Chemezov, Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova hamda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Maksim Oreshkin, Buratiya rahbari Aleksey Sidanlar hamrohlik qilishmoqda.
Davlat rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng Rossiya prezidenti faxriy mehmonlar kitobida o‘z yozuvini qoldiradi, so‘ngra Mo‘g‘uliston rahbariyati bilan tor va keng doiradagi muzokaralar boshlanadi.
Putin pribil v Mongoliyu s ofitsialnim vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2024
Putin Mo‘g‘ulistonga keldi
Yangiliklar lentasi
0